Suriya davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, portlashlar oqibatida 18 kishi, jumladan, to‘rt nafar politsiya xodimi jarohatlangan. Portlashlar Makron Xalq saroyida Suriya Prezidenti Ahmad al-Sharaa bilan uchrashuv o‘tkazish uchun rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan vaqtda yuz bergan.
Yelisey saroyi bayonotiga ko‘ra, Makron portlash ovozlarini eshitmagan va o‘z dasturini davom ettirgan. Makron 2024-yilda Asad rejimi qulaganidan buyon Suriyaga tashrif buyurgan ilk Yevropa Ittifoqi davlat rahbari hisoblanadi. Portlash sabablari hozircha noma’lumligicha qolmoqda.