Guvohlar tomonidan olingan videoda 28 yoshli venesuelalik muhojir Wilber Rafael Garces Peres 20-sentabr kuni Teksas shtatining Ostin shahrida AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati xodimining (ICE) o‘q uzishi natijasida mashinasi ichida yaralangani aks etgan.
Garces Peres shifoxonaga yotqizilgan, biroq uning advokati u otib tashlanganidan to‘rt soat o‘tib, tanasida hamon o‘q qolgan holda shifoxonadan chiqarilganini va so‘roq qilish uchun Pearsall shahridagi Janubiy Teksas ICE hibsxonasiga ko‘chirilganini bildirdi.
Advokatning iddia qilishicha, uning mijoziga og‘riqsizlantiruvchi dorilar berilmagan va u yerda yotishga majbur bo‘lgan. AQSh Milliy xavfsizlik departamenti (DHS) bayonotida Garces Peres AQShga «noqonuniy ravishda kirib kelgan» shaxs ekanini ta’kidladi.
Biroq uning advokati mijozining «boshpana so‘rash maqsadida sinov dasturi doirasida qonuniy ravishda kirgani va amaldagi ish ruxsatnomasiga ega ekanini» ma’lum qildi.