Eron Oliy Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Muhsin Rizoiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilgan bayonotida mamlakati va AQSh o‘rtasida fevral oyidan beri davom etayotgan harbiy keskinlik yuzasidan fikr bildirdi.
Eron ixtiyoridagi boyitilgan uran taqdiri haqidagi munozaralarga to‘xtalgan Rizoiy: «Boyitilgan uranning bir grammi ham Erondan olib chiqilmaydi», — dedi.
«Eronning barcha shartlari to‘liq bajarilishi kerak».
Vashington ma’muriyati bilan olib boriladigan muzokaralar ishonchni tiklashga bog‘liqligini ta’kidlagan Rizoiy mavzu haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:
«AQSh ishonchni mustahkamlashga qaratilgan qadamlarni tashlamaguncha, hech qanday muzokara o‘tkazilmaydi. Bu jarayon Eronning barcha shartlari to‘liq bajarilishi bilan boshlanishi kerak».
























