SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Qatar, Indoneziya, Pokiston va Turkiya mudofaa sohasidagi hamkorlikni kuchaytiradi
Qatar, Indoneziya, Pokiston va Turkiya mudofaa sohasidagi hamkorlikni kuchaytiradi va hatto buning uchun kerakli anglashuv memorandumi ham imzolandi.
Qatar, Indoneziya, Pokiston va Turkiya mudofaa sohasidagi hamkorlikni kuchaytiradi
_

O‘zaro anglashuv memorandumi Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari va mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdulrahmon bin Hasan al - Soniy, Indoneziya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Yusuf Jauhari, Pokiston Mudofaa vaziri Xavja Muhammad Osif hamda Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vaziri Yashar Guler tomonidan imzolandi.

Mazkur memorandum harbiy ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikni rag‘batlantirish, to‘rt mamlakatning harbiy salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, texnik harbiy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar sohalaridagi hamkorlikni qo‘llab - quvvatlashni maqsad qilgan. Ushbu tashabbus zamonaviy mudofaa tizimlarini rivojlantirishga mos yechimlar va sanoat tarmoqlarini shakllantirishga hissa qo‘shadi.

Bundan tashqari mazkur memorandum ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, mudofaa sanoati sohasidagi aloqalarni rivojlantirish hamda xavfsizlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash, umumiy maqsadlarga erishishni ta’minlash uchun ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.