DUNYO
2 daqiqa o'qish
Otashkesimga qaramay Ukrainada 21 kishi halok bo‘ldi
Kiyev bilan Moskva o‘rtasida kuchga kirgan otashkesimga qaramay oxirgi uyushtirilgan hujumlar Ukrainada 21 kishi umriga zomin bo‘ldi.
Otashkesimga qaramay Ukrainada 21 kishi halok bo‘ldi
_

Rasmiylarga ko‘ra Rossiya tomonidan uyushtirilgan hujumlar Ukrainada 21 kishi umriga zomin bo‘ldi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Moskva hukumatini tanqid qilib, 9 - may harbiy paradidan oldin otashkesim yoki o‘t ochishni to‘xtatish talab qilingan bo‘lishiga qaramay hujumlar davom etayotganiga e’tibor qaratdi.

Kecha (05.05.2026) Zaporojye, Kramatorsk va Dnipro shaharlariga qarshi uyushtirilgan hujumlar; Ukraina tomonidan taklif etilgan sulh e’lon qilinishidan bir necha soat oldin sodir bo‘ldi.

Zaporojyeda Zelenskiy tomonidan: «hech qanday harbiy asosga ega emas edi» degan so‘zlar bilan ta’riflagan hujumda 12 kishi halok bo‘ldi.

Rasmiylar, bu holat, so‘nggi haftalarda yuz bergan eng qonli hujumlardan biri ekanini qayd etmoqda. Seshanba kungi hujumlarda kamida 70 kishi ham jarohat olgan.

Seshanba kuni kechasi Dnipro shahri ham hujumga uchradi va oqibatida to‘rt nafar tinch aholi halok bo‘ldi; Kramatorsk markaziga qarshi uyushtirilgan hujumda esa yana besh kishi jon berdi.

Sulh davrida hujumlar

Zo‘ravonlik davom etayotgan bir paytda Zelenskiy e’lon qilgan sulh mahalliy vaqt bilan yarim tunda kuchga kirdi.

Bu tanaffus Rossiya tomonidan e’lon qilingan 8 – 9 maydagi G‘alaba kuni sulhidan ikki kun oldin boshlandi.

Zelenskiy 6 - maydagi sulhni «inson hayoti har qanday yubiley tantanasidan muhimroq» deb izohladi.

Ukraina prezidentlik idorasi rahbari Kirilo Budanov seshanba kuni (05.05.2026) Kiyevning sulh tashabbusi «haqiqiy tinchlik istagini» ifodalashini bildirdi.

Rossiyaning Ikkinchi jahon urushi G‘alaba kuni tadbirlari davomida sulh chaqirig‘ini rad etgan Zelenskiy, «Bizga tinchlik kerak… faqat bir necha soatlik bayram uchun emas, har kuni» - dedi.

Moskva esa 8 – 9 may uchun sulh e’lon qilib, Rossiya Mudofaa vazirligi xavfsizlikni ta’minlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilishini bildirdi. Shuningdek, tadbirlar buzilsa, «keng ko‘lamli» javob tariqasidagi raketa zarbasi berilishi bilan tahdid qildi.

Ayni paytda, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Rossiya tashabbusi bilan Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qilib, unda, ikki tomonlama munosabatlar va urushni muhokama qildi.