DUNYO
1 daqiqa o'qish
Saudiya Arabistoni husiylarning Ar-Riyodga otgan ballistik raketasi yo‘q qilinganini ma’lum qildi
Saudiya Arabistoni husiylar Ar-Riyod shahriga qarata uchirgan ballistik raketa havo kuchlari tomonidan tutib olinib, yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
Saudiya Arabistoni husiylarning Ar-Riyodga otgan ballistik raketasi yo‘q qilinganini ma’lum qildi
Raketa (REUTERS)

Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi Arab koalitsiyasi matbuot kotibi, brigada generali Turki al-Maliki yozma bayonotida, Saudiya Arabistoni Havo mudofaa kuchlari 19-sentabr, shanba kuni ertalab husiylar tomonidan Ar-Riyodga qarata uchirilgan ballistik raketani tutib, yo‘q qilganini bildirdi.

Maliki husiylar Ar-Riyoddagi tinch aholi va fuqarolik obyektlarini nishonga olishga urinishlarini davom ettirayotganini ta’kidladi. U 8 milliondan ortiq fuqaro va doimiy yashovchi istiqomat qiladigan shaharda tinch aholi hamda fuqarolik obyektlarini qasddan va tizimli ravishda nishonga olishni “terrorchilik va dushmanona xatti-harakat” deb atadi.

Al-Maliki husiylar avval ham Bish, Toif, Farason va Yanbu shaharlaridagi tinch aholi hamda fuqarolik obyektlarini nishonga olishga uringanini, bu urinishlar havo mudofaa tizimlari tomonidan bartaraf etilganini qayd etdi.

Al-Maliki Koalitsiya qo‘mondonligi husiylarning xatti-harakatlarini tiyib turish maqsadida o‘zi munosib deb bilgan hamda xalqaro gumanitar huquq va odat huquqi qoidalariga muvofiq choralarni ko‘rish bo‘yicha asosiy huquqqa ega ekanini ta’kidladi.