Isroil askarlari ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda suv quvurlarini vayron qilib, falastinlik aka - ukani hibsga oldi
Inson huquqlari faoli Orif ad - Dirog‘ma mavzu haqida Anado‘lu axborot agentligi muxbiriga bergan bayonotida, Isroil armiyasi G‘arbiy Sohilning shimolidagi Tubas shahriga qarashli Atuf va ar - Ras al - Ahmar hududlaridagi suv quvurlarini vayron qilganini ma’lum qildi.
Dirog‘maning ta’kidlashicha, hududda bir necha oydan beri davom etayotgan yerlarni tekislash ishlari doirasida suv uzatish quvurlari vayron qilingan, artezian quduqlari esa yopib qo‘yilgan. Bu holat qishloq xo‘jaligi sohasida katta iqtisodiy yo‘qotishlarga sabab bo‘lmoqda.
Shuningdek, mahalliy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra Isroil kuchlari Nablus shahrining janubi - g‘arbidagi Tell qishlog‘iga bostirib kirgan.
Bosqin vaqtida ayrim uylarni bo‘shatish talab qilingan. Shuningdek, joriy yilning 24 - iyuli kuni qishloqqa hujum qilgan, falastinliklarning yerlarini o‘zlashtirib olgan isroilliklardan birining qurolini tortib olib, uni o‘ldirgach, isroilliklar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan Faruq Ramazonning uyini buzish uchun dastlabki tayyorgarlik ishlari olib borilgan.
O‘sha kuni Isroil askarlari va falastinliklarning yerlarini o‘zlashtirib olgan isroilliklar Tell qishlog‘iga hujum qilgan. Qishloq aholisi qarshilik ko‘rsatgan paytda Ramazon bilan birga falastinlik bir oilaning 4 nafar a’zosi halok bo‘lgan, yana 4 kishi yaralangan.
Shuningdek, mahalliy manbalar Isroil armiyasi Iordan vodiysining shimolidagi Ayn al - Hilva hududida falastinlik aka - ukani hibsga olganini ma’lum qildi.
O‘t qo‘yish va noqonuniy aholi punktlari
Falastinning rasmiy WAFA axborot agentligiga bergan intervyusida Ramalloh shahrining sharqidagi Jaljiliya qishlog‘i kengashi raisi Usama Nazmiy falastinliklarning yerlarini o‘zlashtirib olgan isroilliklar qishloqning sharqidagi qishloq xo‘jaligi yerlariga o‘t qo‘yganini ma’lum qildi. Yong‘in fuqaro muhofazasi guruhlari tomonidan nazoratga olingan.
Nazmiyning ta’kidlashicha, falastinliklarning yerlarini o‘zlashtirib olgan isroilliklar qariyb bir yil avval hududda noqonuniy aholi punkti tashkil qilgan va qo‘shni al - Mazraat ash - Sharqiya shaharchasidagi falastinliklarga tegishli uylarni egallab olgan.
Falastinning Ajratuvchi devor (Uyat devori) va Yahudiy aholi punktlariga qarshi kurash qo‘mitasi tomonidan 6 - iyul kuni e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, falastinliklarning yerlarini o‘zlashtirib olgan isroilliklar joriy yilning dastlabki olti oyida falastinliklar va ularning mol - mulkiga qarshi 3 ming 488 ta huquqbuzarlik sodir etgan.
Gazeta xabarlari va rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra G‘azo sektoriga qarshi hujumlar boshlangan 2023 - yilning 8 - oktabridan buyon falastinliklarning yerlarini o‘zlashtirib olgan isroilliklar G‘arbiy Sohilda qariyb 12 ming 500 ta hujum uyushtirgan. Ushbu hujumlarda falastinlik 82 kishi halok bo‘lgan, 890 ta yong‘in chiqarilgan va 200 ta yangi noqonuniy aholi punkti tashkil etilgan.
Shu davrda Isroil armiyasi va falastinliklarning yerlarini o‘zlashtirib olgan isroilliklar tomonidan G‘arbiy Sohil bo‘ylab kuchaytirilgan hujumlar oqibatida jami 1 ming 182 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan, qariyb 13 ming kishi yaralangan va 24 ming 600 kishi hibsga olingan.


















