Isroil sulh kelishuvini yana bir bor buzib, G‘azo shahrida harbiy bo‘lmagan avtomobilga qarshi havo hujumi uyushtirdi. Natijada falastinlik ikki kishining umriga, uch kishining esa sog‘ligiga zomin bo‘ldi.
G‘azodagi harbiy bo‘lmagan mudofaa boshqarmasi mavzu haqida shanba kuni (16.05.2026) bergan bayonotida, “G‘azo shahrining g‘arbiy qismidagi Shifo ko‘chasida, al - Vahda minorasi yaqinida harbiy bo‘lmagan avtomobilni nishonga olgan Isroil havo hujumi oqibatida shahidlar va yaradorlar borligi”ni ma’lum qildi.
Sog‘liqni saqlash manbalari hujum natijasida falastinlik ikki kishi halok bo‘lgani va uch kishi tan jarohati olganini bildirdi.
Hujum sulh bitimi doirasida Isroil armiyasi chekingan hududlarda sodir bo‘ldi.
“Sariq chiziq” degani AQSh Prezidenti Donald Tramp tomonidan G‘azodagi genotsidni to‘xtatish uchun tuzilgan rejaning ikkinchi bosqichi doirasida Isroil kuchlarining G‘azo ichida chekingan qismini anglatadi.
Bu chiziq Isroil armiyasining to‘liq nazorati ostidagi hududlar bilan falastinliklarning kirishiga ruxsat berilgan hududlarni bir - biridan ajratib turadi.
Isroil armiyasi 2023 - yilning oktabr oyidan buyon G‘azoda olib borayotgan ikki yillik genotsid davomida, asosan ayollar va bolalardan iborat 72 ming nafardan ortiq kishini o‘ldirdi; 172 ming nafardan ortiq insonni esa yaraladi.
Qamal ostidagi hududning yirik qismini vayronaga aylantirgan Isroil, butun aholini ko‘chishga majbur qildi.
2025 - yilning 10 - oktabrida kuchga kirgan sulhga qaramay, Isroil armiyasi hujumlarini davom ettirmoqda. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu hujumlarda kamida 870 kishi halok bo‘lgan, 2 ming 543 kishi esa yaralangan.

















