Turkiya Isroil parlamentida tasdiqlangan va faqatgina falastinliklar uchun qo‘llaniladigan o‘lim jazosi haqidagi qonunni qoraladi.
Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi o‘zining rasmiy saytida e’lon qilgan bayonotida, ushbu qaror «ishg‘olchi davlat Isroilning falastinliklarga nisbatan aparteid rejimini yanada kuchaytirishni» maqsad qilganini bildirdi.
Vazirlik, qonun «Falastin xalqiga qarshi olib borilayotgan inkor etish, yo‘q qilish va siyosiy qatl yo‘llarining yangi ko‘rinishi» ekani, shuningdek noqonuniy va haqiqiy kuchga ega emasligini ta’kidladi.
Vazirlik Birlashgan Millatlar Tashkilotini ham o‘z ichiga olgan xalqaro hamjamiyatni Isroilning irqchi va noqonuniy qadamlariga qarshi munosabat bildirishga chaqirdi.
Isroilning Yedioth Ahronoth nashriga ko‘ra mazkur qonun loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishda 62 ga qarshi 47 ovoz bilan qabul qilinar ekan, bir nafar betaraf ovoz qayd etildi.
Bosh vazir Binyamin Netanyaxu qonun foydasiga ovoz berdi.
Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben - Gvir esa qonunning qabul qilinishini «tarixiy kun» deb baholab, bundan mamnunligini bildirdi.

















