Alikhbariah TV xabariga ko‘ra Isroil armiyasi payshanba kuni (14.05.2026) tong saharlab Suriyaning janubi - g‘arbidagi Qunaytra qishloq hududining ayrim joylarini o‘qqa tutdi. Shu bilan birga bir qishloqqa bostirib kirib, ikki nafar yigitni hibsga oldi. Bu esa mamlakat mustaqilligining buzilishi sifatida baholanmoqda.
Telekanalning ma’lum qilishicha, Isroil kuchlari Shimoliy Qunaytra qishloq hududidagi al-Hurriya qishlog‘i bilan Jabata al - Hashob shaharchasi oralig‘iga uchta artilleriya snaryadini otgan.
Kanal shuningdek, Isroil kuchlari Qunaytraning janubiy qishloq hududidagi Saida al - Go‘lan qishlog‘iga ham kirib borib, tintuv va bosqin uyushtirgani hamda bir yigitni hibsga olganini bildirdi.
Bundan tashqari, telekanal Isroil kuchlari yarim tunda hududga uyushtirilgan bosqin davomida Kodna qishlog‘ining shimolida yana bir yigitni qo‘lga olganini qayd etdi.
Isroilning so‘nggi qonunbuzarliklari Suriya Prezidenti Ahmad Sharaning avvalroq Isroil bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolmagani ammo Isroilning Suriya hududlaridagi harbiy ishg‘olini davom ettirishiga bo‘lgan qat’iyati sababli qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani haqida ma’lumot bergan bayonotlariga qaramay sodir bo‘ldi.
2024 - yilning dekabr oyida Bashar al - Asad rejimi ag‘darilgach, Isroil 1974 - yildagi Kuchlarni ajratish kelishuvini bekor deb e’lon qilib, chegara bo‘ylab tampon hududni egallay boshladi.
Suriyaning yangi ma’muriyati Isroilni aslo tahdid qilmaganiga qaramay Asad hokimiyati qulaganidan keyin Isroil kuchlari Suriyada havo hujumlarini amalga oshirib, tinch aholi o‘limiga sabab bo‘ldi hamda harbiy obyektlar, texnika va o‘q - dorilarni nishonga oldi.




















