Suriya Prezidenti devoni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrishga yuborgan maktubi orqali Kolumbiyaning bosib olingan Go‘lan tepaliklarida Isroil mustaqilligini tan olishini norozichilik bilan qarshi olib, nomi tilga olingan qarorni yana bir bor qoraladi.
Suriyaning rasmiy SANA agentligi xabariga ko‘ra Damashq hukumati Kolumbiyaning Go‘lan tepaliklarida Isroil mustaqilligini tan olish haqidagi qarori yuzasidan BMT Bosh kotibi Guterrishga maktub yuborgan.
Maktubda Kolumbiyaning bosib olingan Suriya hududi — Go‘lan tepaliklari ustidan Isroil iddao etgan mustaqillikni tan olishi norozichilik bilan qarshi olinib, qoralangan.
Suriya hukumati Kolumbiyaning qarorini qoralab, ushbu tan olishni qat’iyan rad etishi ta’kidlangan.
Shuningdek, xabarda Go‘lan tepaliklari Isroil tomonidan bosib olingan holda saqlanayotgani va ushbu hudud ustidan qayd etilgan mustaqillik iddaolarini qabul qilish imkonsiz ekani ta’kidlangan.



















