DUNYO
1 daqiqa o'qish
Gretsiya Isroildan olgan SPIKE NLOS raketalarini orollarga joylashtirgani iddao qilindi
“Yangi yetkazib beriladigan tizimlarni ham Sharqiy Egey va Merich hududlariga bosqichma-bosqich joylashtirish rejalashtirilmoqda.”
Gretsiya Isroildan olgan SPIKE NLOS raketalarini orollarga joylashtirgani iddao qilindi
Gretsiya Isroildan olgan SPIKE NLOS raketa tizimlarini orollarga joylashtirgani daʼvo qilindi

Gretsiya Isroildan sotib olgan SPIKE NLOS turidagi uzoq masofali raketa tizimlarini ayrim orollarga joylashtirgani iddao qilindi.

“Onalert” axborot saytiga ko‘ra, Gretsiya ayrim orollarga SPIKE NLOS turidagi uzoq masofali raketa tizimlarini joylashtirdi hamda yangi yetkazib beriladigan tizimlarni Sharqiy Egey va Merich hududlariga bosqichma-bosqich joylashtirishni rejalashtirdi.

Xabarda bu raketalardan foydalanish uchun maxsus tayyorgarlik zarurligi qayd etilib, tayyorgarlik jarayonini tezlashtirish maqsad qilingani va shu doirada mazkur raketa tizimlari harbiy mashg‘ulotlarga ham bosqichma-bosqich jalb etilishi bildirildi.

SPIKE NLOS turidagi raketa tizimlarini yetkazib berish jarayoni davom etayotgani qayd etilgan xabarda, yil oxirigacha buyurtmaning katta qismini qabul qilib olish maqsad qilingani aytildi.