YANGI SURIYA
1 daqiqa o'qish
Suriya kuchlari Hasaka viloyatidagi Kasrak harbiy bazasiga kirdi
Suriya kuchlari, AQSh, mamlakatning shimoli - sharqidagi Kasrak aviabazasidan chiqib ketishi ortidan nomi tilga olingan obyekt nazoratini o‘z qo‘liga oldi.
Suriya kuchlari Hasaka viloyatidagi Kasrak harbiy bazasiga kirdi
_
15 соат олдин

Rasmiy bayonotga ko‘ra Suriya kuchlari, AQSh, mamlakatning shimoli - sharqidagi Kasrak aviabazasidan chiqib ketishi ortidan nomi tilga olingan obyekt nazoratini o‘z qo‘liga oldi.

Suriya Mudofaa vazirligi payshanba kuni (16.04.2026) davlat axborot agentligi SANA orqali e’lon qilgan bayonotida, AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari chiqib ketganidan keyin Suriya kuchlari Hasaka viloyati qishloq hududidagi bazani nazoratiga olganini ma’lum qildi.

Suriya Tashqi Ishlar vazirligi esa mavzu haqida alohida bergan bayonotda: «AQSh kuchlari ilgari joylashgan harbiy obyektlarning Suriya hukumatiga topshirilishi yakunlanganini mamnuniyat bilan qarshi oldi», - dedi.

Bayonotda shuningdek: «Ushbu obyektlarning topshirilishi… Suriya va AQSh hukumatlari o‘rtasida to‘liq muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirildi» - deyildi.

Mahalliy manbalarga ko‘ra AQSh kuchlari bazani tark etganidan so‘ng, YPG terror tashkiloti bilan aloqador unsurlar obyekt ichidagi ayrim texnikalarni yoqib yuborgan.

Shundan keyin baza Suriya armiyasi nazoratiga o‘tgan.

AQSh kuchlari esa xavfsizlik idoralari orqali hamda Istirohat al - Vazir bazasida o‘z o‘rnini davom ettirmoqda.