Istanbul aeroporti Condé Nast Traveller jurnalining Buyuk Britaniya nashri tomonidan tashkil etilgan “2026 - yilgi O‘quvchilar tanlovi mukofotlari” (Readers’ Choice Awards 2026) doirasida “Dunyoning eng yaxshi aeroporti” deb topildi.
Istanbul aeroporti operatori İGA tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra sayohat jurnali o‘quvchilarining baholari asosida tuzilgan ro‘yxatda Istanbul aeroporti 94,29 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Taxminan 350 ta yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirish imkonini beruvchi Istanbul aeroporti Singapur Changi aeroporti va Dubay xalqaro aeroportini ortda qoldirib, reytingda yuqori pog‘onaga ko‘tarildi.
Reytingda Singapur Changi aeroporti 93,92 ball bilan ikkinchi, Dubay xalqaro aeroporti esa 93,18 ball bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Istanbul aeroporti 2024 va 2025 - yillarda ham Condé Nast Traveller jurnalining AQSh nashri o‘quvchilari tomonidan dunyoning eng yaxshi aeroporti deb tanlangan edi.
1909 - yilda tashkil etilgan Condé Nast nashriyot guruhi Vogue, The New Yorker, GQ, Vanity Fair va Wired kabi nashrlarni o‘z ichiga oladi. Guruh bosma nashrlari, raqamli platformalari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali butun dunyo bo‘ylab millionlab o‘quvchilarga yetib boradi.


























