EUROCONTROL hisoboti: Istanbul aeroporti Yevropada yana birinchi bo‘ldi
Yevropa havo harakati xavfsizligi tashkiloti (EUROCONTROL) ushbu davrga oid navbatdagi "Yevropa aviatsiya hisoboti"ni e'lon qildi.
Hisobotga ko‘ra, Istanbul aeroporti kunlik o‘rtacha 1 587 ta parvoz bilan Yevropaning eng gavjum va eng ko‘p havo trafigini qabul qilgan aeroportlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.
Mintaqaning eng tirband havo bandargohlari reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:
🇹🇷 Istanbul aeroporti — kunlik o‘rtacha 1 587 ta parvoz (1-o‘rin)
🇳🇱 Amsterdam aeroporti — kunlik o‘rtacha 1 423 ta parvoz (2-o‘rin)
🇫🇷 Parij (Charles de Gaulle) — kunlik o‘rtacha 1 384 ta parvoz (3-o‘rin)
🇩🇪 Frankfurt aeroporti — kunlik o‘rtacha 1 359 ta parvoz (4-o‘rin)
🇬🇧 London (Heathrow) — kunlik o‘rtacha 1 324 ta parvoz (5-o‘rin)
Istanbul aeroporti o‘zining eng yaqin ta'qibchisi bo‘lgan Amsterdamni kunlik parvozlar soni bo‘yicha sezilarli farq bilan ortda qoldirib, qit'adagi yetakchiligini yana bir bor tasdiqladi.






















