IQTISODIYOT
1 daqiqa o'qish
Otokar taxminan 1,5 milliard dollarlik eksport shartnomalarini imzoladi
Shartnoma bo'yicha yetkazib berish 2027-yilda boshlanadi va uch yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Otokar taxminan 1,5 milliard dollarlik eksport shartnomalarini imzoladi
Otokar — 1963-yilda tashkil etilgan Turkiyaning yirik avtomobil va mudofaa sanoati ishlab chiqaruvchisi. / َAA

Otokardan tarixiy qadam: 1,47 Milliard dollarlik yirik eksport shartnomasi imzolandi!

Turkiyaning yetakchi avtomobil va mudofaa sanoati ishlab chiqaruvchisi Otokar, xalqarı bozorda yirik muvaffaqiyatga erishdi. Kompaniya g‘ildirakli zirhli transport vositalari va integratsiyalashgan logistika xizmatlarini yetkazib berish bo‘yicha 1,47 milliard dollarlik ulkan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

KAP bildirishnomasida aniq raqamlar keltirildi
Kompaniyaning Turkiya Ommaviy Oshkor Etish Platformasiga (KAP) taqdim etgan rasmiy hisobotiga ko‘ra, shartnomaning aniq qiymati 1 472 080 360 dollarni tashkil etadi va loyiha turli turdagi zirhli transport vositalarini qamrab oladi.

Shartnoma shartlari va yetkazib berish muddati:

  • Kuchga kirishi: Rasmiy tasdiqlar, kafolat xatlari jarayoni yakunlanishi va oldindan to‘lov (avans) kelib tushgach kuchga kiradi.

  • Kafolat miqdori: Otokar shartnoma majburiyatlari va avans ta’minoti uchun mijozga jami 441,6 million dollar qiymatida kafolat xatlari taqdim etadi.

  • Muddatlar: Zirhli vositalarni yetkazib berish 2027-yilda boshlanadi va 3 yil davomida partiyalar ko‘rinishida yakunlanadi. Shartnomaning umumiy amal qilish muddati esa 7 yilni tashkil etadi.