TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: “Terrorsiz Turkiya” sa’y-harakatlari raqiblarimizga tiyib turuvchi ta’sir ko‘rsatdi
“Turkiyaning milliy manfaatlari, xalqimizning har bir vakiliga daxldor masalalarda siyosiy kuchlar to‘liq kelishuvga erisha olishi kerak.”
Erdo‘g‘an: “Terrorsiz Turkiya” sa’y-harakatlari raqiblarimizga tiyib turuvchi ta’sir ko‘rsatdi
TBMMda 28-chaqiriq 5-qonunchilik yili boshlandi

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an: “Mintaqamiz olov halqasiga aylangan bir sharoitda ‘Terrorsiz Turkiya’ sa’y-harakatlari Turkiyaning raqiblariga hozirdanoq tiyib turuvchi ta’sir ko‘rsatdi, Turkiyaning kuchiga kuch qo‘shdi va mintaqamizda yangi shamol estirdi”, dedi.

Prezident Erdo‘g‘an Turkiya Buyuk Millat Majlisining yigirma sakkizinchi chaqiriq beshinchi qonunchilik yili ochilishi munosabati bilan parlamentning yalpi majlisida nutq so‘zladi.

“Turli siyosiy partiyalar, bir-biridan qanchalik farq qilmasin, turli fikrlar Turkiya va turk demokratiyasining boyligidir. Biroq har bir siyosiy partiya uchun ustuvor masala Turkiya bo‘lishi kerak, shunday bo‘lishi shart”, degan Erdo‘g‘an so‘zlarini quyidagicha davom ettirdi:

“Turkiyaning milliy manfaatlari, xalqimizning har bir vakiliga daxldor masalalarda siyosiy kuchlar to‘liq kelishuvga erisha olishi kerak. Biz buni ‘ichki jabhani mustahkamlash’ deb ataymiz. Biz buni ‘Buyuk Turkiya kelishuvi’ deb ataymiz. ‘Terrorsiz Turkiya’ jarayonimiz ayni paytda ana shu ijtimoiy kelishuvni, ana shu milliy kelishuvni shakllantirishga qaratilganini alohida ta’kidlamoqchiman. Mintaqamiz olov halqasiga aylangan bir sharoitda ‘Terrorsiz Turkiya’ sa’y-harakatlari Turkiyaning raqiblariga hozirdanoq tiyib turuvchi ta’sir ko‘rsatdi, Turkiyaning kuchiga kuch qo‘shdi va mintaqamizda yangi shamol estirdi.”