IQTISODIYOT
2 daqiqa o'qish
Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochilishi AQSh pozitsiyasiga bog‘liq ekani qayd etildi
Eron, Ho‘rmuz bo‘g‘ozining to‘liq ochilishi AQShning pozitsiyasiga bog‘liq ekanini qayd etdi.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochilishi AQSh pozitsiyasiga bog‘liq ekani qayd etildi
_

Eron davlat televideniyesiga qarashli Yosh jurnalistlar klubiga bergan intervyusida Sa’idiy, Ummon bilan olib borilgan muzokaralar faqatgina kemalar va dengiz transport vositalarining harakatlanish tartibi hamda yo‘nalishlarini belgilash bilan bog‘liq ekanini bildirdi.

Ummon bilan kelishuv Hormuz bo‘g‘ozi ochilishini anglatmasligini ta’kidlagan Sa’idiy mavzu haqida shunday dedi: “Amerikaliklar dengizga tahdid solish va uni qamal ostiga olishni to‘xtatib, mintaqani tark etishlari hamda urush tugagani e’lon qilinganidan keyingina Hormuz bo‘g‘ozi masalasi muhokama qilinadi va muzokara qilinadi. Shuning uchun (hozirgi bosqichda) Hormuz bo‘g‘ozini ochish uchun hech qanday sabab yo‘q”.

Sa’idiy, shuningdek: “Ummon Eron amerikaliklarning Hormuz bo‘g‘oziga aralashishiga va u yerda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini yodda tutishi kerak”, - dedi.

Eron bilan AQSh o‘rtasidagi to‘qnashuvlar hamda Tehron va Maskatning Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha muzokaralari

Eron bilan AQSh o‘rtasida 14 - iyun kuni Pokiston vositachiligida erishilgan kelishuvning birinchi bosqichida, AQSh Eronning muzlatilgan aktivlarini ozod qilishi evaziga Hormuz bo‘g‘ozi ochilishi va Eron ushbu strategik suv yo‘lidan o‘tuvchi kemalardan 60 kun davomida to‘lov undirmasligi belgilangan edi.

Kelishuv imzolangandan so‘ng AQSh Eronning muzlatilgan aktivlarini ozod qilmagan va Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishlar uchun Ummon hududiy suvlari orqali muqobil yo‘nalish belgilagan edi. AQShning bu qadamlarini kelishuvning buzilishi deb hisoblagan Eron bo‘g‘oz orqali o‘tishlarni cheklab, “ruxsatsiz o‘tishga uringan” ayrim kemalarga zarba bergan edi.

Kelishuvga qaramay, ikki davlat o‘rtasidagi keskinlik 8 - iyul kuni Hormuz bo‘g‘ozi atrofida kuchli to‘qnashuvlar boshlanishiga olib kelgan va bu jarayon qariyb ikki hafta davom etgan edi.

Eron Hormuz bo‘g‘oziga tutash Ummon bilan bo‘g‘ozda kemalar uchun xavfsiz o‘tish yo‘llarini belgilash maqsadida muzokaralarni qayta boshlagan edi.

Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Kazim G‘aribobodiy, 5 - avgust kuni bergan bayonotida; Ummon bilan muzokaralar yakuniy bosqichga kirgani va muhokama qilinayotgan yo‘nalish 2 oydan 4 oygacha davom etishi kutilayotgan “vaqtinchalik yo‘nalish” ekanini ma’lum qilgan edi.

Uning aytishicha, Hormuz bo‘g‘ozining to‘liq ochilishi AQShning pozitsiyasiga bog‘liqdir.