Kongo Demokratik Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ebola epidemiyasi yettita viloyatning 62 ta hududida tarqalganini ma’lum qildi.
Mamlakatda hozirgacha 7 ming 404 ta kasallanish holati qayd etildi. Virus tufayli 3 ming 577 kishi vafot etdi, 1 ming 776 bemor esa sog‘aydi.
Epidemiya tarqalishining oldini olish maqsadida ayrim viloyatlarda emlash ishlari jadallashtirildi. Chegara punktlaridagi nazorat va aholini xabardor qilish tadbirlari ham davom etmoqda.
Ebola Afrikada minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi
Gemorragik isitmani keltirib chiqaradigan Ebola virusi ilk bor 1976-yilda Sudanning Nzara va Kongo Demokratik Respublikasining Yambuku shaharlarida bir vaqtning o‘zida yuz bergan epidemiyalar paytida aniqlangan edi.
Kongo Demokratik Respublikasidagi epidemiya Ebola daryosi yaqinidagi qishloqda boshlangani sababli kasallikka ushbu daryoning nomi berilgan.
Ebola virusi 2013-yil dekabrda G‘arbiy Afrikada tarqalgan edi.
Gvineya, Liberiya va Syerra-Leoneda 2014–2017-yillarda yuz bergan epidemiya vaqtida 30 ming kishi virus yuqtirgan, bemorlarning 11 mingdan ortig‘i vafot etgan edi.
Kongo Demokratik Respublikasining sharqidagi Ituri viloyatida 246 ta shubhali holat va 65 ta o‘lim qayd etilgach, 15-may kuni mamlakatda epidemiya e’lon qilingan edi.
Sog‘liqni saqlash mutasaddilariga ko‘ra, may oyida tarqala boshlagan Ebolaning «Bundibugyo» variantiga qarshi tasdiqlangan davolash usuli yoki vaksina mavjud emas.




















