SPORT
1 daqiqa o'qish
Bahrayn 2027-yilgi "Formula 1" mavsumiga tayyorgarlik ko'rmoqda
Formula 1 taqvimida Yaqin Sharqdan to‘rta mezbon davlat o‘rin olgan bo‘lib, tashkilot joriy yilgi Qatar va Abu-Dabi poygalari uchun Yevropada joylashgan muqobil variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Bahrayn 2027-yilgi "Formula 1" mavsumiga tayyorgarlik ko'rmoqda
"Ferrari" poygachisi Sharl Lekler Bahraynning Saxir shahridagi Bahrayn xalqaro avtodromida F1 Bahrayn Gran-prisi oldidan o‘tkazilgan saralash bosqichida, 2024-yil 1-mart. / AP Archive

Formula 1 joriy mavsumda Yaqin Sharqda yuzaga kelgan noaniqliklarga qaramay, 2027-yilgi chempionatni Bahraynda boshlash rejasini e’lon qildi.

Chorshanba kuni e’lon qilingan taqvimga ko‘ra, mavsum 14-mart kuni Bahrayn Grand-priksi bilan boshlanadi. Shuningdek, yangi mavsum ro‘yxatidan Saudiya Arabistoni, Qatar va Abu-Dabi bosqichlari ham o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Bahrayn va Saudiya Arabistonidagi musobaqalar AQSh va Isroilning Eronga qarshi harakatlari tufayli bekor qilingan edi. Kelasi oy Malayziyada o‘tkaziladigan qo‘shimcha poyga esa "Bahrayn Grand-priksi" nomi ostida tashkil etiladi.

Shuningdek, 29-noyabrga belgilangan Qatar Grand-priksi va 6-dekabrda bo‘lib o‘tadigan mavsum yakunlovchi Abu-Dabi Grand-priksi hozircha joriy yilgi taqvimda qolmoqda. Biroq Formula 1 rahbariyati ushbu poygalarni o‘tkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ularni Yevropaga ko‘chirish variantini ham ko‘rib chiqqan edi.

Ma’lumot uchun, ushbu to‘rtta Yaqin Sharq mezboni va F1 rahbariyati o‘rtasida uzoq muddatli shartnomalar imzolangan. Shuningdek, Bahrayn fevral oyida mavsumoldi test sinovlariga ham mezbonlik qiladi.