Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Turkiya mezbonlik qilgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ning 13 - sammiti doirasida 30-31-oktabr kunlari poytaxt Anqarada boshqarma tomonidan «Turkiy dunyo muloqot forumi» tashkil etildi.
«Fikrdan muloqot sari, olg‘a» mavzusida o‘tkazilgan forumning birinchi kuni Turkiya Respublikasi vitse - prezidenti Jevdet Yilmaz hamda Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Burxaneddin Duranning ochilish nutqlari bilan boshlandi. Panel va davra suhbatlariga boy bo‘lgan forumda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlar, shuningdek, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan ma’ruzachilar ishtirok etdi.
Dastur doirasida turkiy dunyoda ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiya, diplomatiyada ayollarning vakilligi va roli, parlament diplomatiyasi, o‘zgarib borayotgan global tartib sharoitida turkiy dunyoning strategik ustuvor yo‘nalishlari kabi masalalar muhokama qilindi.
Turkiy davlatlar o‘rtasida energetika xavfsizligi va hamkorlik imkoniyatlari baholandi. Shuningdek, turkiy davlatlarning strategik kommunikatsiya va dezinformatsiyaga qarshi kurashish salohiyati, taraqqiyot istiqbollari hamda sivilizatsiya nuqtayi nazaridan turkiy dunyoning kelajak haqidagi tasavvuri muhokama etildi.
Bundan tashqari global o‘zgarishlar davrida turkiy dunyoning geosiyosiy roli, kommunikatsiya nuqtayi nazaridan sun’iy intellekt yuzaga keltirayotgan muammolar hamda O‘rta koridordan qo‘shma ishlab chiqarish ekotizimigacha bo‘lgan iqtisodiy hamkorlik modeli ham ko‘rib chiqildi.
Forum doirasidagi panel va davra suhbatlarida 114 nafar ma’ruzachi ishtirok etdi.
Ko‘p qutbli dunyo tartibida turkiy dunyoning o‘rni, turk mudofaa sanoatining kelajagi hamda umumiy bilim va tafakkur ekotizimini shakllantirish masalalari ham forum kun tartibidan joy oldi.
Shuningdek turkiy dunyosining kelajagida oila va jamiyatning o‘rni, Ismoil Gaspiralining fikriy merosi doirasida til, madaniyat va tarixiy xotira, diaspora orqali global tarmoqlarni rivojlantirish va umumiy o‘zlikni shakllantirish, an’anadan kelajakka madaniyat va san’at masalalari muhokama qilindi.
Turli madaniy - ma’rifiy tadbirlar va ko‘rgazmalar tashkil etilgan dasturda turkiy dunyodan yuqori martabali davlat xizmatchilari, parlament a’zolari, kommunikatsiya va media sohasi mutaxassislari, akademiklar, tahlil markazlari vakillari, shuningdek, ilm - fan, madaniyat va san’at sohasida faoliyat yurituvchi taniqli shaxslar jam bo‘ldi.
Bayonotda forum doirasida tashkil etilgan panel va davra suhbatlarida TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar hamda boshqa mamlakatlardan jami 114 nafar ma’ruzachi qatnashgani qayd etilib, ularning ismlari quyidagicha sanab o‘tildi:
«Turkiya Respublikasining sobiq Bosh vaziri va Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim, Milliy Razvedka Tashkiloti rahbari Ibrahim Kalin, Anado‘lu axborot agentligi (AA) Bosh direktori Serdar Karago‘z, Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) Tashqi Ishlar komissiyasi raisi, Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Parti) Anqara deputati Jevdet O‘ktay, sobiq Tashqi Ishlar vaziri, Antaliya deputati Mevlut Chavusho‘g‘lu, sobiq Oila, mehnat va ijtimoiy xizmatlar vaziri, Islom mamlakatlari statistika, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar hamda ta’lim markazi (SESRIC) Bosh direktori Zehra Zumrut Seljuq, deputatlar va Turkiy davlatlar parlament assambleyasi a’zolari – AK Parti Bursa deputati hamda Turkiya – O‘zbekiston parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi O‘sman Mesten hamda Milliyatchi harakat partiyasi (MHP) guruhi raisi o‘rinbosari, Nevshahir deputati Filiz Qilich, AK Parti Istanbul deputati va Turkiya – Ozarbayjon parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Shamil Ayrim, AK Parti Amasya deputati va Turkiya – Turkmaniston parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Haluk Ipek, AK Parti Markaziy boshqaruv organi Xotin - qizlar qanoti raisi va Istanbul deputati Tug‘ba Ishik Erjan, Prezident Administratsiyasi Xavfsizlik va tashqi siyosat kengashi a’zolari Qilich Bug‘ra Kanat, Mustafa Aydin va Nurshin Atesho‘g‘lu Gunay, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) rahbari Abdullah Eren, Xorijdagi Turklar va qardosh xalqlar boshqarmasi (YTB) rahbari Abdulhadi Turus, Yunus Emre instituti (YEE) rahbari Salim Argun, Turkiya Buyuk Millat Majlisining 23- va 24-chaqiriqlari deputati, Turkiy dunyo parlamentariylari jamg‘armasi raisi Abdullah Chalishkan, Milliyatchi harakat partiyasi raisining Bosh maslahatchisi va Markaziy ijroiya kengashi a’zosi, Ismail Gaspirali Tashqi siyosat instituti rahbari Esma O‘zdeshli, TIKA rahbari o‘rinbosari Bug‘ra Aydin, YTB rahbari o‘rinbosari Murad Kazanchi, TRT Bosh direktorining o‘rinbosari Mujahid Eker, TURKSOY Bosh kotibi Sultan Rayev, Qirg‘iz Respublikasi Madaniyat, axborot va yoshlar siyosati vaziri o‘rinbosari Salkin Sarnog‘oyeva, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi sobiq jamoat ishlari va transport vaziri, Famagusta deputati Resmiye Ero‘g‘lu Jantalay, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Girne deputati Hasan Kuchuk, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Iskele deputati Yasemin O‘zturk, Qirg‘iz Respublikasi deputati, TURKPA Atrof - muhit, tabiiy resurslar va sog‘liqni saqlash komissiyasi a’zosi Aygul Axmedova, Qirg‘iz Respublikasi deputati, TURKPA Ayol parlamentariylar guruhi a’zosi Medina Qayrilbekova, Qozog‘iston deputati Sholpan Karinova, O‘zbekiston deputati Xalilova Xurshida Abduvaliyevna, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bayroq radio va televideniye muassasasi (BRTK) boshqaruv kengashi raisi O‘zdemir To‘kel, Turkmaniston Davlat televideniyesi, radioeshittirish va kinematografiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Annasahet Kakayev, Qozog‘iston Respublikasi Milliy radio va televideniye korporatsiyasi (Qazaqstan) boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari Bibigul Jexenbay, O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Ilhom Haydarov, Shimoliy Kipr Turk Respublikasining TDTdagi oqsoqoli O‘ktay O‘ksuzo‘g‘lu, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori Eldor Shermanov hamda O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirining maslahatchisi Shuhrat Yigitaliyev».






















