DUNYO
1 daqiqa o'qish
PKKning Sinjardagi bo‘linmasi qurolsizlanib, Iroq armiyasiga qo‘shiladi
“Bu jarayon Sinjar tumanida xavfsizlikni ta’minlash mas’uliyati borasida yangi davrning boshlanishi bo‘ladi.”
PKKning Sinjardagi bo‘linmasi qurolsizlanib, Iroq armiyasiga qo‘shiladi
(ARXIV) Iroq Bosh vaziri Ali az-Zaydiy

Iroq Bosh vaziri Ali az-Zaydiyning nazorati ostida PKK terror tashkilotining Sinjardagi bo‘linmasi bo‘lgan “YBSh” tuzilmasi qurolsizlanib, Iroq armiyasiga qo‘shilishi ma’lum qilindi.

Iroq Bosh vazirining harbiy masalalar bo‘yicha matbuot kotibi Saboh an-Numon Iroq rasmiy axborot agentligi — INA e’lon qilgan bayonotida, mazkur tuzilma bilan Iroq xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi harbiy aloqalarni qayta tartibga solish ishlari bugun amalga oshirilishini va uning a’zolari Iroq xavfsizlik idoralari tarkibiga qo‘shilishini bildirdi.

Numon ushbu qadam doirasida Sinjar tog‘idagi xavfsizlikni ta’minlash mas’uliyati federal hukumatning vakolatli idoralariga topshirilishini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, bu chora Iroq hukumatining qurol-yarog‘ni davlat nazoratiga olishga qaratilgan dasturi va siyosati doirasida amalga oshirilmoqda.

Numon bu jarayon Sinjar tumanida xavfsizlikni ta’minlash mas’uliyati borasida yangi davrning boshlanishi bo‘lishini aytdi.

Shuningdek, u Iroq Konstitutsiyasi Qurolli Kuchlardan tashqari harbiy guruhlar tuzishni taqiqlashini ta’kidladi.