DUNYO
1 daqiqa o'qish
Tramp: Eron bilan muzokara olib bormayapmiz, tez orada nimadir yuz beradi
“Ko‘pchilik bu saylovlardan keyin yuz beradi, deb o‘ylayapti. Nima bo‘lishini ko‘ramiz.”
Tramp: Eron bilan muzokara olib bormayapmiz, tez orada nimadir yuz beradi
Tramp Eron bilan muzokaralar olib bormayotganliklarini va yaqinda "nimadir yuz berishini" aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokara olib bormayotganliklarini va “u yoki bu tarzda tez orada nimadir yuz berishini” aytdi.

Donald Tramp Janubiy Karolinada o‘tkazilgan saylov mitingida qatnashganidan so‘ng, shtatdan jo‘nab ketish oldidan aeroportda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Eron bilan muzokara olib borilayotgani haqidagi savolga Tramp: “Eron bilan muzokara olib boryapmiz, deb o‘ylamayman. U yoki bu tarzda tez orada nimadir yuz beradi. Ko‘pchilik bu saylovlardan keyin yuz beradi, deb o‘ylayapti. Nima bo‘lishini ko‘ramiz”, — dedi.

Tramp shtatda 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Kongressga oraliq saylovlar munosabati bilan tashkil etilgan mitingdagi nutqida esa Eron bilan keskinlik tez orada tugashini aytib: “Hozir mintaqadan chiqib ketishimiz mumkin, ammo hujumlarning ta’siri uzoq vaqt saqlanib qolishini istaymiz”, — deya ta’kidladi.

 

Boxabar bo'ling!