DUNYO
1 daqiqa o'qish
Eron tashqi ishlar vaziri Aroqchi: “Netanyaxu qamoqqa tushmaslik uchun AQShni urushga tortmoqda”
Netanyaxu: “Rejamiz — (Eronda) tuzum qulashiga erishishga qaratilgan juda keng qamrovli va qat’iy reja”, — degan edi.
Eron tashqi ishlar vaziri Aroqchi: “Netanyaxu qamoqqa tushmaslik uchun AQShni urushga tortmoqda”
Aroqchi: "Netanyaxu qamoqqa tushmaslik uchun AQSHni urushga sudrab bormoqda"

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbas Erakchi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu'ni qamoqqa

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni qamoqqa tushmaslik uchun AQShni Eron bilan yana bir urushga tortishda aybladi.

Abbos Aroqchi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Netanyaxuning Eronga qarshi bayonotlariga munosabat bildirdi.

“Netanyaxu qamoqqa tushmaslik uchun Isroil va AQSh prezidenti uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni e’tiborga olmay, AQShni yangi urushga tortmoqda”, — dedi Eron vaziri.

Eronning “ishini bitirish uchun” uyushtirilgan hujumlardan mamlakat yanada kuchli bo‘lib chiqqanini ta’kidlagan Aroqchi: “Omadingizni yana bir bor sinab ko‘rmoqchimisiz? Marhamat, sinab ko‘ring. Ammo ehtiyot bo‘ling, bizning ham hali tugallanmagan ishlarimiz bor”, — deya ogohlantirdi.

The Times of Israel gazetasi xabariga ko‘ra, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 27-oktabrda o‘tkaziladigan saylovlar “mamlakatning mavjudligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega” ekanini da’vo qilib, o‘zi e’lon qilgan xavfsizlik doktrinasida “Eron tuzumini ag‘darish” masalasiga ham to‘xtalgan edi.

Eron “iqtisodiyotining kundan kunga yomonlashishi xalq bosimini kuchaytirayotgani va yangi norozilik namoyishlari boshlanishi mumkinligi”ni ilgari surgan Netanyaxu: “Rejamiz — tuzum qulashiga erishishga qaratilgan juda keng qamrovli va qat’iy reja. Barcha xavfsizlik idoralariga bergan ko‘rsatmam shundan iborat”, — degan edi.