TURK DUNYOSI
1 daqiqa o'qish
Erdo'g'an O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevani qabul qildi
"Janob Prezidentga samimiy qabul uchun chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman”,-deb yozdi bugun Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.
Erdo'g'an O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevani qabul qildi
Prezident Erdo‘g‘an O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Mirziyoyevani qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashdi.

“Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashganimdan xursandman. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning eng ezgu, samimiy tilaklarini yetkazdim”,– deb yozdi bugun Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.

“O‘zbekiston va Turkiyani do‘stlik hamda yaqin hamkorlik rishtalari bog‘lab turadi. Muloqot chog‘ida birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijalari va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildik.

Janob Prezidentga samimiy qabul, O‘zbekistonga qaratilayotgan alohida e’tibor hamda qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman”.