DUNYO
2 daqiqa o'qish
Ukraina AQShni Rossiya manfaatlariga xizmat qilayotganlikda aybladi
Rossiya tomonidan uyushtirilgan hujumlarda o'n besh kishi halok bo'ldi va Ukrainaning energetika infratuzilmasi zarar ko'rdi. Elon Mask harbiy "Starshield" tizimlariga qo'yilgan cheklovlar Vashington tomonidan belgilanganini ta'kidladi.
Ukraina AQShni Rossiya manfaatlariga xizmat qilayotganlikda aybladi
Ukraina Rossiya zarbalari fonida razvedka ma’lumotlaridagi kamchiliklar va Starlink uzilishlarida AQShni ayblamoqda. / Reuters

Ukraina AQShni Starlink cheklovlari va razvedka uzilishlarida aybladi

Ukraina rasmiylari Vashingtonni Rossiyaga bilvosita ko‘maklashayotganlikda aybladi. Bunga Rossiyaning yaqinlashayotgan raketa zarbalari haqida oldindan ogohlantirilmagani hamda dron operatsiyalari uchun o‘ta muhim bo‘lgan Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tizimiga cheklovlar qo‘yilgani sabab bo‘ldi.

Ushbu diplomatik tanglik Kiyevga qilingan ketma-ket ballistik raketa hujumlaridan so‘ng yuzaga keldi. Hujum paytida havo trevogasi sirenalari vaqtida chalinmagan. Oqibatda butun mamlakat bo‘ylab 15 kishi halok bo‘ldi, Xarkov, Jitomir, Sumi va Chernigovdagi elektr stansiyalariga jiddiy zarar yetdi.

Zelenskiyning munosabati va Elon Maskka murojaati

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy razvedka ma’lumotlari berilmay qolganini "butunlay nohaqlik" deb qoraladi. U Moskva AQSh Prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan energetika sulhini buzgani va Vashingtongga nisbatan "namoyishkorona hurmatsizlik" qilganini ta’kidladi.

Zelenskiy, shuningdek, amerikalik milliarder Elon Maskka bevosita murojaat qilib, Starlink terminallari uchun to‘liq aloqani tiklashni so‘radi.

Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan bilan suhbatda Zelenskiy shunday dedi:

"Umid qilamanki, bu shunchaki xato yoki katta texnik muammo. Aniq bilmayman, lekin biz aloqani qayta yoqishni so‘rayapmiz."

Vashingtonning Moskva bilan dizel bo‘yicha kelishuvidan so‘ng o‘zini "xiyonat qilingan"dek his qilgan-qilmagani haqidagi savolga Zelenskiy: "Prezident Tramp bizning emas, boshqa bir tomonni tanlaganda — bu juda og‘riqli," deb javob berdi.

Starlink va Starshield’ga qo‘yilgan cheklovlar

Ukraina Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh terminallari tezligi dronlar 160 km/soatdan (ba’zi hollarda 80 km/soatdan) oshganda cheklangan. Bu holat harbiylarning Shahed dronlarini urib tushirish va Rossiya pozitsiyalariga zarba berish qobiliyatini zaiflashtirgan.

Elon Mask ushbu uzilishlarga SpaceX emas, balki AQSh hukumati mas’ul ekanini ma’lum qildi hamda fuqarolik Starlink terminallari bilan harbiy Starshield tizimlari o‘rtasidagi farqni tushuntirdi:

"Starshield tizimlari AQSh hukumatiga tegishli va Ular tomonidan boshqariladi. Tezlik yoki foydalanish bo‘yicha har qanday cheklovlar AQSh harbiylari hamda Prezident qarori bilan belgilanadi," — deb yozdi Mask X platformasida.

So‘nggi vaziyat

Keyinchalik Ukraina Raqamli transformasiya vaziri Mixail Fedorov 160 km/soatgacha bo‘lgan aloqa tezligi qayta tiklanayotganini ma’lum qildi. Biroq u "Starshield’dagi tezlik cheklovini butunlay olib tashlash Ukraina mudofaasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega" ekanini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Moskvada Kreml vakili Kirill Dmitriyev AQShga dizel yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar yaqin kunlarda yakunlanishini tasdiqladi.