Turkiya Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Burhanettin Duran: “Isroil rahbariyatining tahdidlari, ig‘vogarliklari va tuhmat kampaniyalari mamlakatimizning haq va adolat tarafidagi pozitsiyasini o‘zgartira olmaydi”, dedi.
Duran NSosyal hisobidagi bayonotida Isroil mudofaa vaziri Israel Katsning Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an va Turkiyani nishonga olgan haddidan oshgan so‘zlari Isroilda yaqinlashayotgan saylovlar oldidan ular tushib qolgan siyosiy chorasizlikning belgisi ekanini ta’kidladi.
Turkiyaga qarshi asossiz ayblovlar Isroil rahbariyatining G‘azodagi genotsidga oid qilmishlarini va mintaqada davom ettirayotgan tajovuzkor siyosatini yashira olmasligini ta’kidlagan Duran quyidagilarni qayd etdi:
“Katsning sulh va tinchlik muzokaralarida qatnashayotgan shaxslarni ochiqchasiga o‘lim bilan tahdid qilishi Isroil rahbariyatining xalqaro huquqni mensimaydigan qarashlarining yana bir namoyonidir. Bunday mas’uliyatsiz yondashuv xalqaro jamoatchilikni ochiqchasiga pisand qilmaslikdir.
Prezidentimiz hurmatli Rejep Tayyip Erdo‘g‘an rahbarligida Turkiya Falastin xalqining qonuniy huquqlarini, adolat va mustahkam tinchlikni himoya qilishda davom etadi. Isroil rahbariyatining tahdidlari, ig‘vogarliklari va tuhmat kampaniyalari mamlakatimizning haq va adolat tarafidagi pozitsiyasini o‘zgartira olmaydi.”





















