DUNYO
1 daqiqa o'qish
Hisobot: Eron urushida AQShning 81 ta havo vositasi yo‘qotildi yoki jiddiy shikastlandi
AQSh Kongressining Tadqiqot xizmati hisobotida, mamlakat 28-fevraldan buyon Eron urushida 81 ta havo vositasini yo‘qotgani yoki ular tiklab bo‘lmaydigan darajada shikastlangani qayd etildi.
Hisobot: Eron urushida AQShning 81 ta havo vositasi yo‘qotildi yoki jiddiy shikastlandi
AQSH - Eron urushi (Arxiv)

AQSh Kongressining Tadqiqot xizmati Eron urushida havo vositalariga yetkazilgan zararlar haqida hisobot tayyorladi.

Hisobotda, AQSh 28-fevralda Eronga qarshi hujumlarni boshlaganidan buyon vertolyotlar, samolyotlar va uchuvchisiz uchish apparatlari kabi jami 81 ta havo vositasi butunlay yo‘qotilgani yoki tiklab bo‘lmaydigan darajada shikastlangani bildirildi.

Kongressning Budjet idorasi ma’lumotlariga tayanilgan hisobotda, ushbu yo‘qotishlarning umumiy qiymati Mudofaa vazirligining ularni yangilash rejalariga qarab, 1,9 milliarddan 3,3 milliard dollargacha ekani qayd etildi.