TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiyadan Isroilning Suriyadagi hududiy buzilishlariga keskin munosabat
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning Suriyaning Kunaytra viloyatidagi “Sufa 53 liniyasi”da faoliyatini qayta boshlaganiga keskin munosabat bildirdi.
Turkiyadan Isroilning Suriyadagi hududiy buzilishlariga keskin munosabat
Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Arxiv)

Vazirlik bayonotida Isroilning ushbu harakatlari 1974-yildagi Kuchlarni ajratish to‘g‘risidagi bitimni buzayotgani va Suriyada yangi amri voqeliklar yaratishga qaratilgani ta’kidlandi.

Bayonotda Isroilning mintaqadagi keskinlikni kuchaytirayotgan ekspansionistik siyosatini to‘xtatishi va bosib olgan Suriya hududlaridan chiqib ketishi kerakligi bildirildi. Shuningdek, xalqaro hamjamiyat bu borada zudlik bilan samarali va qat’iy choralar ko‘rishga chaqirildi.

Turkiya Suriyaning suvereniteti, siyosiy birligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashda davom etishi hamda mintaqa davlatlari bilan birgalikda zarur qadamlarni tashlashini bildirdi.