Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Turkiya Prezidenti Administratsiyasining Kommunikatsiyalar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, suhbatda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar, mintaqaviy va global masalalar ko‘rib chiqildi.
Erdo‘g‘an xalqaro maydonlarda ikki davlatning birdamligidan mamnun ekanini bildirib, uni davom ettirish Turkiya va Indoneziya uchun foydali bo‘lishini aytdi.
TAVSIYA ETILADI
U savdo va mudofaa sanoati, shuningdek, boshqa ko‘plab sohalarda hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidlab, bu yo‘nalishda qadamlar tashlashda davom etishlarini bildirdi.
Erdo‘g‘an Subiantoni 9–20-noyabr kunlari Antaliyada o‘tkaziladigan COP31 yetakchilar sammitiga ham taklif qildi.



























