TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya bilan Iroq xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish payida
Prezident Erdo‘g‘an BMT Bosh Assambleyasining 81 - yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida Nyu - Yorkka borar ekan, u yerda, Iroq Bosh vaziri Zaydiy bilan uchrashdi.
Turkiya bilan Iroq xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish payida
_

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning Iroq Bosh vaziri Ali az - Zaydiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida tomonlar xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish borasida kelishib olgani ma’lum qilindi.

Prezident Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81 - yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida Nyu - Yorkka borar ekan, u yerda, Iroq Bosh vaziri Zaydiy bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuv ortidan Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi «Turkiya - Iroq qo‘shma bayonoti»ni e’lon qildi.

Unga ko‘ra Turkiya bilan Iroq rasmiylari ikki davlat o‘rtasidagi strategik munosabatlarni barcha jihatlari bilan muhokama qilgan uchrashuvda, tomonlar xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldilar. Shu doirada Sinjorda davlat hokimiyatini to‘liq o‘rnatish hamda taqiqlangan xorijiy qurolli kuchlar o‘rnini yo‘q qilish borasida kelishuvga erishildi.

Iroqning ushbu xavfsizlik choralarini amalga oshirishda erishgan yutuqlari doirasida, kelishilgan mexanizm va vaqt jadvaliga muvofiq turk qo‘shinlari Bashika - Zilkan harbiy bazasini bosqichma - bosqich Iroq Federal Hukumatiga topshiradi.

Tomonlar, shuningdek, ikki tomonlama savdo va investitsiyalar hajmini kengaytirish, imzolangan kelishuvlarni zudlik bilan amalga oshirish hamda eng avvalo Taraqqiyot yo‘li loyihasi kabi qo‘shma strategik loyihalarni jadallashtirish masalalarida ham kelishib oldi.