SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Turkiya ham Saudiya Arabistoniga qarshi uyushtirilgan hujumlarni qoraladi
Turkiya, Misr, Pokiston va Saudiya Arabistoni husiylarning Saudiya Arabistoniga qarshi uyushtirgan hujumlariga munosabat bildirgan holda mamlakat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va xavfsizligini to‘liq qo‘llab - quvvatlarini takrorladi.
Turkiya ham Saudiya Arabistoniga qarshi uyushtirilgan hujumlarni qoraladi
_

Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan Turkiya – Misr – Pokiston – Saudiya Arabistoni Tashqi Ishlar vazirlarining 6 - yig‘ilishiga oid e’lon qilingan qo‘shma bayonotga ko‘ra Turkiya, Misr, Pokiston va Saudiya Arabistoni Tashqi Ishlar vazirlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 81 - sessiyasi doirasida Nyu - Yorkda uchrashdi.

Yig‘ilish dolzarb mintaqaviy va xalqaro voqealar yuzasidan fikr almashish imkonini berdi.

Vazirlar Yaqin Sharq va undan kengroq mintaqada tinchlik, xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikni qo‘llab - quvvatlash maqsadida to‘rt davlat o‘rtasidagi maslahatlashuv va muvofiqlashtirishni davom ettirish muhimligini tasdiqladi.

Mintaqada davom etayotgan keskinlik va mojarolardan chuqur xavotir bildirgan vazirlar, muloqot va diplomatiya doimiy yechimga erishishning yagona yo‘li ekanini ta’kidlab, shu doirada barqaror tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida “Islomobod kelishuvi”ga rioya qilish zarurligini qayd etdi.

To‘rt davlat husiylarning Saudiya Arabistoniga hujumlarini qoraladi

Vazirlar Yamandagi husiylarning so‘nggi hujumlari hamda Saudiya Arabistoniga qarshi amalga oshirilgan barcha hujumlarni keskin qoralab, Saudiya Arabistonining mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va xavfsizligini to‘liq qo‘llab - quvvatlashlarini yana bir bor bildirdi.

Saudiya Arabistonining xalqaro huquq va BMT Nizomiga muvofiq o‘zini, hududi va xalqini himoya qilish bo‘yicha qonuniy o‘zini - o‘zi mudofaa qilish huquqini tasdiqlagan vazirlar, dengizlarda kemalar qatnovi xavfsizligi va erkinligini ta’minlash muhimligini ham ta’kidladi.

Vazirlar Yamanning qonuniy hukumati va Yaman Prezidentlik kengashining siyosiy jarayon hamda turli tomonlar ishtirokidagi inklyuziv yamanliklararo muloqot orqali mamlakatda xavfsizlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash borasidagi sa’y - harakatlarini qat’iy qo‘llab - quvvatlashlarini yana bir bor bildirdi.

Falastin masalasining Yaqin Sharqda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdagi markaziy ahamiyatini yana bir bor tasdiqlagan vazirlar, BMT Xavfsizlik kengashining tegishli qarorlariga muvofiq, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan, 1967 - yil 4 - iyun chegaralari asosida mustaqil, mustaqil, barqaror va hududiy yaxlitlikka ega Falastin davlatini barpo etishni, shuningdek, ajralmas huquq hisoblangan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi hamda Falastin xalqining qonuniy huquqlarini qo‘llab - quvvatlashlarini yana bir bor ta’kidladi.

«Sudanda birlikni zaiflashtiruvchi parallel tuzilmalar rad etilishi kerak».

Vazirlar Sudan birligi, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini to‘liq qo‘llab - quvvatlashlarini tasdiqlab, qonuniy milliy institutlarni himoya qilish hamda Sudan mustaqilligi va birligini zaiflashtiruvchi parallel tuzilmalarni rad etish muhimligini ta’kidladi.

Sudan hududiga noqonuniy qurol - yarog‘, yollanma askarlar va xorijiy jangchilar oqimini to‘xtatish zarurligini qayd etgan vazirlar, jamoaviy xavfsizlikni mustahkamlash va uzoq muddatli mintaqaviy barqarorlikni qo‘llab - quvvatlash maqsadida mintaqaviy va xalqaro voqealar yuzasidan yaqindan muvofiqlashtirishni davom ettirish hamda maslahatlashuvlarni olib borish borasida kelishib oldi.