DUNYO
1 daqiqa o'qish
Rossiya Ukrainadagi logistika markazlari va portlarga zarba berdi
Kechasi bilan Rossiya hududlariga yuborilgan Ukrainaga tegishli 244 ta insonsiz havo transportlari (IHT) yo‘q qilingani ma’lum qilindi.
Rossiya Ukrainadagi logistika markazlari va portlarga zarba berdi
_

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi logistika markazlari, omborlar va portlarga qarshi hujumlar uyushtirilgani, shuningdek, Ukraina armiyasi ehtiyojlari uchun foydalanilayotgan kemalar ham insonsiz havo transportlari (IHT) yordamida nishonga olinganini ma’lum qildi.

Vazirlik bayonotida tunda Ukrainaning Kiyev va Odessa viloyatlaridagi turli nishonlarga zarbalar berilgani bildirildi.

Kiyev viloyatidagi Shchastlivoye aholi punktida joylashgan «BDU Logistic» markazi nishonga olingani qayd etilgan bayonotda, markaz omborlarida harbiy maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar saqlanishi va tarqatilishi aytildi.

Bayonotda, Boyarka aholi punktida Ukrainaning harbiy - sanoat korxonalarini gaz bilan ta’minlaydigan taqsimlash stansiyasi ham nishonga olingani ta’kidlandi.

Odessa viloyatida esa Odessa portida Ukraina armiyasi uchun yuk tashiyotgan quruq yuk kemasi nishonga olingani ma’lum qilindi.

Izmail portida harbiy maqsadli yuklarni tushirish va saqlash uchun foydalaniladigan port infratuzilmasi nishonga olingani bildirilgan bayonotda, Odessa portiga Ukraina armiyasi uchun yuk olib ketayotgan yana bir quruq yuk kemasi ham suzib ketayotgan paytda nishonga olingani qayd etildi.

Bundan tashqari, vazirlik tun davomida Rossiya hududlariga yuborilgan Ukrainaga tegishli 244 ta insonsiz havo transportlari (IHT) yo‘q qilinganini ma’lum qildi.