Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Harbiy-dengiz kuchlari Hormuz bo‘g‘ozidan «noqonuniy» tarzda o‘tishga uringan Togo bayrog‘idagi neft tankeri urilganini ma’lum qildi.
Inqilob qo‘riqchilari korpusi Harbiy-dengiz kuchlarining yozma bayonotida Togo bayrog‘i ostida suzuvchi «Trend» nomli neft tankeri kecha AQSH armiyasining «provokatsiyasi» va «aldovi» bilan Hormuz bo‘g‘ozidan «noqonuniy» tarzda o‘tishga urinayotganda nishonga olingani bildirildi.
Kema urilib to‘xtatilgani va unda yong‘in chiqqani qayd etildi. Shuningdek, bo‘g‘ozdan «noqonuniy» o‘tishga uringan har qanday kema «yo‘q qilinishi» ta’kidlandi.
Eron AQSH va Isroilning 28-fevraldagi hujumlaridan so‘ng boshlangan urush paytida Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishni to‘xtatgan va «ruxsatsiz» o‘tishga uringan kemalarni nishonga ola boshlagan edi.
17-iyunda Eron va AQSH o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolanganidan keyin bo‘g‘ozdan o‘tishga ruxsat berilgan edi.
Eron AQSH bilan tuzilgan kelishuvni amalga oshirish borasidagi kelishmovchiliklar sababli 8-iyulda urush qayta avj olganidan so‘ng, 12-iyul kuni bo‘g‘ozni yana qatnov uchun yopgan edi.




















