TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya Harbiy-havo kuchlari safiga mahalliy HURKUSh-II samolyoti qo'shilmoqda
"Turkiya Havo kuchlari qo'mondoni sifatida, o'z mamlakatimizda ishlab chiqarilgan samolyotda uchishdan ortiq faxrli tuyg'u yo'q",- deydi general Rafet Dalkiran.
Turkiya Harbiy-havo kuchlari safiga mahalliy HURKUSh-II samolyoti qo'shilmoqda
Mahalliy ishlab chiqilgan o‘quv samolyoti so‘nggi sinovlarni yakunlagach, Turkiya Harbiy-havo kuchlari safiga qabul qilinishi rejalashtirilgan. / َAA

Turkiyaning yangi avlod boshlang'ich uchuvchilar tayyorlovchi HURKUSh-II samolyoti Turkiya Havo kuchlari inventariga kiritilishi kutilmoqda. Bu mamlakat mudofaa sanoati uchun muhim yangi bosqichni anglatadi.

Turkiya Mudofaa sanoati qo'mitasi rahbari Haluk Go’rgun va Havo kuchlari qo'mitasi qo'mondoni, general Rafet Dalkiran mahalliy miqyosda ishlab chiqilgan HURKUSh-II va HURJET samolyotlarining sinov parvozlarida ishtirok etdilar.

Haluk Go’rgun ilk HURKUSh-II samolyoti tez orada Havo kuchlari qo'mondonligiga topshirilishini ma'lum qildi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday yozdi:

"Samolyot kabinasiga o'tirganingizda, chizish stolidan tortib ishlab chiqarish liniyasigacha, sinovlardan parvozgacha bo'lgan ulkan mehnatni yaqqol his qilasiz. Endi bu mehnat yana bir samarasini berishga yaqin. Biz birinchi HÜRKUŞ-II samolyotimizni juda yaqin orada Havo kuchlari qo'mondonligiga topshiramiz."

Parvozdan so'ng e'lon qilingan videoda Haluk Go’rgun bu jarayonni Turkiya uchun muhim tarixiy bosqich deb ta'rifladi:

"Turkiya ilk bor o'z qurolli kuchlariga mahalliy darajada ishlab chiqilgan samolyotni topshirmoqda. Bu juda ham ahamiyatli. Bugungi parvozlar yakuniy sinovlar bo'ldi va ularda ishtirok etish biz uchun qo'shimcha faxr manbai bo'ldi."

Dalkiran ham milliy samolyotda uchishning g'ururini alohida ta'kidlab, shunday dedi:

"Turkiya Havo kuchlari qo'mondoni sifatida o'z mamlakatimizda ishlab chiqarilgan samolyotda uchishdan ortiq faxrli tuyg'u yo'q."

Parvozdan so'ng Haluk Go’rgun Dalkırandan samolyot sinovlardan o'tganmi va qabul qilish jarayoni yakunlanganmi, deb so'radi. Dalkiran: "Ajoyib, bajarildi," deb javob berdi.

HURJET mahalliy radar imkoniyatlarini namoyish etdi

Haluk Go’rgun va Dalkiran, shuningdek, HURJET sinov parvozida ham qatnashdilar. Ushbu parvoz davomida samolyot Turkiyaning mahalliy radar texnologiyalaridagi imkoniyatlarini ko'rsatdi.

Parvoz vaqtida HURJET P2 samolyoti "Aselsan" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan MURAD AESA (faol elektron fazali massivli) radaridan foydalangan holda HURJET P1 samolyotini aniqladi va unga nishonni qulfladi.

Haluk Go’rgun Turkiya Havo kuchlari xodimlari dastlabki tayyorgarlikni HURKUShda olib, keyin ilg'or bosqich uchun HURJETga o'tishini ta'kidladi:

"Komandirimiz uchgan HÜRJET 'Aselsan' tomonidan ishlab chiqarilgan AESA radari bilan jihozlangan bo'lib, muayyan masofadan biz uchgan samolyotni muvaffaqiyatli qulfladi. Bu ilk bor amalga oshirildi. Buni boshdan kechirish, tarixiy lahzaga guvoh bo'lish va butun jamoamiz bilan bu yo'lni bosib o'tish biz uchun ulkan ma'no kasb etdi."