TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Ozarbayjon Prezidenti Aliyev Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi
Uchrashuvda Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi birodarlik va strategik ittifoqchilik «bir millat, ikki davlat» tamoyili asosida mustahkamlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ozarbayjon Prezidenti Aliyev Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi
Bokuda bo‘lib turgan Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan ham uchrashdi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidanni qabul qildi.

Ozarbayjon Prezidenti administratsiyasi bayonotiga ko‘ra, muzokaralar o‘tkazish uchun Bokuga kelgan Fidan Aliyev tomonidan qabul qilindi.

Uchrashuvda Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi birodarlik hamda strategik ittifoqchilik munosabatlari barcha sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanayotgani, hamkorlik «bir millat, ikki davlat» tamoyili asosida yanada mustahkamlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Energetika sohasidagi hamkorlikning ahamiyati muhokama qilingan uchrashuvda muqobil energiyani xalqaro bozorlarga yetkazishning yangi yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Turkiya va Ozarbayjonning logistika nuqtayi nazaridan muhimligi, ayniqsa, Yevropa bilan Osiyo o‘rtasida muhim ko‘prik vazifasini bajarayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish muhimligiga e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning istiqboli, mintaqaviy masalalar va tomonlarni qiziqtirgan boshqa mavzular ham muhokama qilindi.

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan tashrif doirasida Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan ham uchrashdi.