AQShning Kiprning janubiy qismiga nisbatan qurol - yarog‘ embargosini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori 2027 - yilning 30 - sentabrigacha bir yil muddatga yana uzaytirilgani qayd etilgan bayonotda, Turkiyaning bu boradagi pozitsiyasi Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan bayonotda bildirilgan fikrlar bilan bir xil ekani ta’kidlandi.
Bayonotda quyidagilar qayd etildi: «Orolning umumiy egasi bo‘lgan kiprlik turklar ustidan Kiprning grek tomonining bosimini har jabhada kuchaytirayotgan va jadal qurollanish faoliyati bilan mintaqaviy barqarorlikka ziyon yetkazayotgan bir paytda, oroldagi ikki tomon o‘rtasidagi ishonchning yanada yemirilishiga olib keladigan qadamlardan tiyilish zarurligini yana bir bor ta’kidlaymiz.
Turkiya ona vatan va kafil davlat sifatida kiprlik turk xalqining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan birga, uning xavfsizligini har qanday sharoitda ta’minlaydi hamda Shimoliy Kipr Turk Respublikasining xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun sa’y - harakatlarini qat’iyat bilan davom ettiradi».


















