DUNYO
1 daqiqa o'qish
Ukrainaga ma'lumot tashigan rossiyalik xodim hibsga olindi
Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati, Ukrainaga ma'lumot tashigan rossiyalik xodim hibsga olinganini ma'lum qildi.
Ukrainaga ma'lumot tashigan rossiyalik xodim hibsga olindi
_

Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi xavfsizligini ta’minlaydigan tashkilot xodimi hibsga olindi. Bu haqida, Rossiya Federal Xavfaizlik xizmati (FSB) bayonot berdi. Bayonotda: «1981 - yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi hibsga olindi. U Ukraina Xavfsizlik xizmati agenti ekani va britaniyalik diplomatlar haqida ma’lumot to‘plagani aniqlandi» - deyiladi.

Bayonotda Kiyev ma’muriyati to‘plangan ma’lumotlardan britaniyalik diplomatlarni nishonga oluvchi sabotaj va terrorchilik harakatlarini uyushtirish uchun foydalangani ilgari surildi. «Buning uchun Rossiya javobgar deb ko‘rsatilishi kerak edi. Shu tariqa Buyuk Britaniyani Rossiya bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri qurolli to‘qnashuvga jalb qilish, Londonning Ukrainaga qo‘shimcha qurol - yarog‘ va harbiy texnika yetkazib berishini ta’minlash hamda Rossiyaga qarshi sanksiyalar bosimini kuchaytirish maqsad qilingan» - degan baho berildi.

Bayonotda ushbu masala yuzasidan Buyuk Britaniya tomoniga ma’lumot yetkazilgani ham qayd etildi.

FSB tomonidan e’lon qilingan videoda esa hibsga olingan gumondor Ukraina razvedkasi uchun ishlagani va diplomatlar haqida ma’lumot to‘plaganini tan olgan.