Chorshanba kuni e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra o‘tgan oy oxirlarida Nepal - Xitoy chegarasida yuz bergan vayronkor suv toshqinlari va ko‘chkilari oqibatida halok bo‘lganlar soni 1 ming 410 nafarga yetdi, 5 ming 650 nafardan ortiq kishi esa haligacha bedarak yo‘q. Shu bilan birga, Nepal rasmiylari suv toshqinidan ziyon ko‘rgan hududlarda yana 10 kishining jasadini topdi.
Nepal va Xitoyning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra bedarak yo‘qolganlarning 848 nafari chet el fuqarolaridir.
Nepal Milliy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish agentligi ma’lumotiga ko‘ra Nepalda suv toshqinidan ziyon ko‘rgan tumanlardan jami 1 ming 367 kishining jasadi olib chiqilgan va ularning 587 nafari chet el fuqarolari bo‘lgani aniqlangan. Halok bo‘lganlardan tashqari 5 ming 132 kishi esa haligacha bedarak yo‘q.
O‘tgan hafta oxirida qutqarilganlar ham hisobga olinganda, hozirgacha qutqarilganlar soni 13 ming 600 nafardan oshgan.
Tibetdagi yirik ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 43 nafar. Halok bo‘lganlardan tashqari 519 kishi bedarak yo‘q va ularning 261 nafari chet el fuqarolari bo‘lgan.














