Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida bergan bayonotida, Rossiya, kunduz kuni va jurnalistlar «Yagona yangiliklar» milliy telemarafoni doirasida jonli efirda bo‘lgan paytda «Mi - Ukraina» telekanali binosiga qarshi dron orqali hujum uyushtirganini bildirdi.
Hujum oqibatida telekanal binosining bir qismi vayron bo‘lganini ma’lum qilgan Zelenskiy, besh kishi jarohatlanganini qayd etdi.
Zelenskiy voqea joyida tegishli xizmatlar ish olib borayotgani, Ukraina Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari esa yong‘inni o‘chirganini aytdi.
Rossiyaning ommaviy axborot vositalariga qarshi hujumini qoralagan Zelenskiy «Shahed» dronlari yordamida media tashkilotlarining nishonga olinishini «Rossiyaning tanazzulida yangi sahifa» deb baholadi.
Zelenskiy Yevropa va jahon hamjamiyati ushbu hujumga munosabat bildirishi kerakligini ta’kidlab, Ukraina va ukrainaliklarning hayotiga qarshi hech bir hujum jazosiz qolmasligi lozimligini ta’kidladi.
Rossiya yo‘lovchi poyezdiga qarshi hujum qildi
Zelenskiy boshqa bir xabarida Rossiya «Kiyev - Sumi» yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdiga dron orqali hujum qilganini ma’lum qildi.
Ukraina Davlat favqulodda vaziyatlar xizmatining bayonotida hodisa oqibatida qurbonlar bo‘lmagani va 90 nafar yo‘lovchi evakuatsiya qilingani bildirildi.

















