TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya husiylarning Saudiya Arabistonini nishonga olgan hujumlarini qoraladi
Turkiya, husiylarning Saudiya Arabistonini nishonga olgan va mintaqadagi keskinlikni kuchaytirayotgan hujumlarini keskin qoraladi.
Turkiya husiylarning Saudiya Arabistonini nishonga olgan  hujumlarini qoraladi
_

Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi husiylarning Saudiya Arabistoniga qarshi so‘nggi hujumlari yuzasidan yozma ravishda bayonot berdi.

Bayonotda: «Husiylarning Saudiya Arabistonini nishonga olgan, tinch aholining hayoti va mol - mulk xavfsizligini mensimagan hamda mintaqadagi keskinlikni kuchaytirayotgan hujumlarini keskin qoralaymiz. Saudiya Arabistonining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab - quvvatlashimizni yana bir bor ta’kidlaymiz» - deyiladi.

Unda shuningdek, mazkur hujumlar Yamandagi mojaroni doimiy siyosiy yechim orqali yakunlashga qaratilgan diplomatik sa’y - harakatlarga ham ziyon yetkazayotgani qayd etilib, husiylarga tajovuzkor harakatlarini imkon qadar tezroq to‘xtatish chaqirig‘i yo‘llandi.