G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Hamas: G‘azodagi genotsid dalillari yo‘q qilinmoqda
Hamas Isroilni G‘azodagi genotsid dalillarini yashirishga urinishda ayblamoqda.
Hamas: G‘azodagi genotsid dalillari yo‘q qilinmoqda
_

Falastinning Hamas qarshilik tashkiloti, Isroil, G‘azoda falastinliklarga qarshi qo‘l urgan genotsid dalillarini yashirishga urinayotganiga e’tibor qaratdi. Hamas minglab bedarak yo‘qolgan shaxslarning jasadlari vayronalar ostida qolib ketgani, Isroil esa bu vayronalarni maydalab, olib tashlab va boshqa joylarga tashiyotganini bildirdi.

Tashkilot o‘zining rasmiy bayonotida: «Bosqinchi hukumat bilan armiyasi vayronalarni olib tashlash, ezib - parchalash va boshqa joylarga ko‘chirish orqali G‘azoda xalqimizga qarshi sodir etgan shafqatsiz jinoyatlarining dalillarini yashirishga urinmoqda» - degan holda mazkur holatlarni qoraladi.

Hamasning ta’kidlashicha, bu harakatlar vayronalar ostida minglab bedarak yo‘qolgan shaxslarning jasadlari hamda bosqinchilar tomonidan ikki yildan ortiq vaqt davomida sodir etilgan genotsid jinoyatlarining moddiy dalillari borligiga qaramay amalga oshirilmoqda.

Hamas inson qoldiqlari va huquqiy dalillar bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlarga aralashish xalqaro huquq hamda Xalqaro sudning dalillarni saqlash to‘g‘risidagi buyrug‘iga zid ekanini bildirgan holda, buni «shahidlarning qadr - qimmati hamda ularning oilalarining yaqinlari jasadlarini topib, dafn etish huquqiga tajovuz» - deb atadi.

Xalqaro sud - tibbiyot ekspertlarini yuborishga chaqiriq

Hamas BMTning Falastin hududlaridagi inson huquqlari holati bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Francesca Albanesening Isroilning vayronalarni tozalash ishlari «vahshiylik jinoyatlari» izlarini yo‘q qilish xavfini tug‘dirayotgani haqidagi ogohlantirishini mamnuniyat bilan qarshi oldi.

BMT va Xalqaro jinoiy sudni ushbu hududlarni himoya qilishga chaqirgan Hamas, jasadlarni chiqarib olish jarayonini nazorat qilish va sud - tibbiyot materiallarini hujjatlashtirish uchun G‘azoga xalqaro sud - tibbiyot ekspertlarini yuborishni so‘radi.

Isroilning ikki yildan beri davom etayotgan genotsidi oqibatida 73 ming nafardan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, 174 ming nafardan ortig‘i yaralandi, 9 ming nafardan ortiq kishi esa vayron bo‘lgan binolar ostida bedarak yo‘qoldi.