Isroil kuchlari chorshanba kuni ertalab bosib olingan G‘arbiy Sohil bo‘ylab bosqin uyushtirdi. Oqibatida falastinlik kamida 20 kishi hibsga olinar ekan, ular orasida ikki nafar yosh bolaning ham borligi aniqlandi. Bu haqida Falastinning rasmiy WAFA axborot agentligi ma’lumot bo‘lishdi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra besh viloyatda o‘tkazilgan amaliyotlar davomida Isroil kuchlari ayrim shaharcha va qochqinlar lagerlaridagi uylarga bostirib kirib, mol - mulklarni tintuv qilib, falastinliklarni hibsga olgan.
Jenin viloyatida turli shaharcha va qishloqlarga uyushtirilgan bosqinlar chog‘ida ikki nafar bola bilan birga falastinlik yetti kishi hibsga olingan.
G‘arbiy Sohilning janubida ikki nafar falastinlik al - Xalil shahri va al - Favvar qochqinlar lagerida hibsga olingan bo‘lsa, Nablusda Isroil kuchlarining ayrim hududlarida uyushtirilgan bosqinlar va uylarni tintuv qilishlar ortidan uch kishi qo‘lga olingan.
Baytlahmdagi Aida va Dheysha qochqinlar lagerlarida ikki nafar falastinlik hibsga olingan. Tulkarm viloyatida esa bosqinlar va uylarni tintuv qilishdan so‘ng olti kishi qo‘lga olindi.
G‘arbiy Sohilda bosqinlar davom etmoqda
Isroil kuchlari 2023 - yilning oktabr oyida G‘azoga qarshi Isroilning genotsid xususiyatidagi urushi boshlanganidan beri Sharqiy Quddusni ham o‘z ichiga olgan bosib olingan G‘arbiy Sohil bo‘ylab bosqinlarni kuchaytirdi.
Falastin rasmiylari va inson huquqlari tashkilotlari ushbu davrda qotilliklar, ommaviy hibsga olishlar, majburiy ko‘chirishlar, uylarning buzib tashlanishi va noqonuniy yahudiy posyolkalarining kengaytirilishi kabi huquqbuzarliklar sodir etilganini ma’lum qildi.
















