TURKIYA
3 daqiqa o'qish
Turkiya bilan Kanada savdo hajmini 10 milliard dollarga chiqarmoqchi
Erdo‘g‘an Prezidentlik qarorgohida Kanada Bosh vaziri Mark Karni bilan yuzma - yuz uchrashuv o‘tkazdi.
Turkiya bilan Kanada savdo hajmini 10 milliard dollarga chiqarmoqchi
_

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Kanada bilan amalga oshiriladigan faoliyatlar orqali hozirda qariyb 3 milliard dollarni tashkil etayotgan savdo hajmini dastlab 5 milliard dollarga, keyinchalik esa 10 milliard dollarga yetkazishmoqchi ekanliklarini bildirdi.

Erdo‘g‘an Prezidentlik qarorgohida Kanada Bosh vaziri Mark Karni bilan yuzma - yuz uchrashuv o‘tkazdi, delegatsiyalar o‘rtasidagi muzokaralarga raislik qildi hamda ikki davlat o‘rtasida uchta kelishuv imzolanganishi ortidan tashkil etilgan qo‘shma matbuot anjumanida so‘zga chiqdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi yuqori darajali tashriflar muntazam ravishda davom etishidan umidvor ekanini bildirgan Erdo‘g‘an, Karni bilan bugungi uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni batafsil muhokama qilganliklari va mintaqaviy hamda global masalalarni ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘lganliklarini qayd etdi.

Erdo‘g‘an o‘z so‘zini quyidagicha davom ettirdi: «Ushbu tashrifning eng muhim aniq natijalaridan biri, shubhasiz, Kanada bilan munosabatlarimizni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish haqidagi qarorimiz bo‘ldi. Strategik sheriklik to‘g‘risidagi qarorimiz tufayli kelgusi davrda energetika, savdo, transport va mudofaa sanoati kabi ko‘plab sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilganmiz. Bugun bu borada amalga oshiriladigan aniq qadamlarni o‘z ichiga olgan harakatlar rejasini ham qabul qildik. Avvalo, savdo va investitsiyalarni oshirish maqsadida Erkin savdo bitimi bo‘yicha muzokaralarni yil oxirigacha boshlashga kelishib oldik. Ushbu jarayonga parallel ravishda iqtisodiy munosabatlarimizni barcha jihatlari bilan muhokama qilish uchun Qo‘shma iqtisodiy va savdo qo‘mitasi kabi mavjud mexanizmlardan yanada samarali foydalanamiz. Mazkur qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishini 2027 - yilda bu gal xususiy sektor vakillari ishtirokida o‘tkazamiz. Ushbu qadamlar orqali hozirda qariyb 3 milliard dollarni tashkil etayotgan savdo hajmimizni dastlab 5 milliard dollarga, keyinchalik esa 10 milliard dollarga yetkazishni istaymiz».

Kanada bilan mudofaa sanoati va atom energetikasi sohalarida yaqin aloqada ekanliklarini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlikning ahamiyatini yaxshi anglaydigan ikki ittifoqchi davlat ekanliklarini ifoda etdi.

Karni bilan G‘azo, Ukraina va Fors ko‘rfazi mintaqasidagi vaziyatni ham o‘z ichiga olgan ko‘plab mintaqaviy voqealarni ham muhokama qilganliklarini bildirgan Erdo‘g‘an mavzu haqida:

«Ukrainada ham, Fors ko‘rfazi mintaqasida ham diplomatik usullar barqaror tinchlikka yo‘l ochadi degan umiddamiz. Bu borada umumiy ko‘z qarashlarga ega ekanimizni tasdiqladik. G‘azoda esa Kanadaning ayrim boshqa ittifoqchilar bilan birgalikda bosib olingan hududlardagi noqonuniy aholi punktlariga nisbatan sanksiyalar qo‘llash choralarini Isroil hukumatining qonunbuzarliklarini tiyib turish nuqtayi nazaridan to‘g‘ri qadam deb hisoblaymiz. Mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida ushbu pozitsiyalarini davom ettirishlaridan umidvormiz», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

«Bosh vazir Karni bilan munosabatlarimiz kelajagi yo‘lida tarixiy qadam tashladik».

Erdo‘g‘an so‘zlarini quyidagicha tamomladi: «Haqiqatan ham bugun Turkiya va Kanada o‘rtasida ko‘p yillardan beri davom etib kelayotgan uzilishlar nuqta qo‘ydik. Endi ikki davlat o‘rtasida yangi davrni boshlayapmiz. Nasib qilsa, ishbilarmonlarimizni bir joyga to‘playmiz. Men ham Kanadaga ishbilarmonlarimiz bilan birgalikda amalga oshiradigan ilk tashrifim davomida u yerdagi tadbirkorlarimizni bir joyga jamlab, tegishli qadamlarni tashlayman».