DUNYO
1 daqiqa o'qish
Riyod shahrida portlash ovozlari eshitildi
Riyod shahrida erta ogohlantirish tizimi ishga tushirilganidan so‘ng portlash ovozlari eshitildi.
Riyod shahrida portlash ovozlari eshitildi
_

Husiylar nishoniga aylangan Saudiya Arabistonining poytaxti ar - Riyod shahrida erta ogohlantirish tizimi ishga tushirilganidan so‘ng portlash ovozlari eshitildi.

Fuqarolik mudofaasi boshqarmasining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda ar - Riyod uchun erta ogohlantirish tizimi ishga tushirilgani ma’lum qilindi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra hujum haqida ogohlantirish berilganidan keyin ar - Riyodda portlash ovozlari eshitilgan.

Rasmiylar ogohlantirish xabarini olgan fuqarolardan xotirjamlikni saqlashni va vakolatli idoralar ko‘rsatmalariga rioya qilishni so‘radi.

Xavf bartaraf etilgunga qadar eng yaqin xavfsiz joyga o‘tish, bino ichida derazalardan uzoq turish hamda uy yoki binolarni tark etmaslik tavsiya qilindi. Tashqarida bo‘lganlardan esa eng yaqin binoga kirish va mustahkam to‘siq ortiga panalash so‘raldi.

Fuqarolik mudofaasi boshqarmasi: Riyoddagi xavf bartaraf etildi

Fuqarolik mudofaasi boshqarmasi erta ogohlantirish tizimi ishga tushirilganidan ko‘p o‘tmay bergan ikkinchi bayonotida ar - Riyoddagi xavf bartaraf etilganini ma’lum qildi.

Biroq bayonotda “xavf”ning aynan nimadan iborat bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

Husiylar 2014 - yildan buyon Yamanning ayrim hududlari, jumladan, poytaxt Sano shahrini nazorat qilib kelmoqda. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Arab koalitsiyasi esa 2015 - yildan beri Yaman hukumatini qo‘llab - quvvatlab kelmoqda.

Boxabar bo'ling!
Netanyaxudan Trampga Eron haqida xabar: “Yakunlashimiz kerak bo‘lgan ish bor”
Isroil G‘arbiy Sohilda falastinliklarga tegishli qariyb 183 sotix yerni musodara qildi
Tramp Ukrainaning Rossiyadagi dizel yoqilg‘isi zavodlariga hujumlarini tanqid qildi
Eron tashqi ishlar vaziri Aroqchi: “Netanyaxu qamoqqa tushmaslik uchun AQShni urushga tortmoqda”
Rossiya va Ukraina tuni bilan bir-biriga hujum qildi
Ruminiya Qora dengiz ustida ikkita dronni urib tushirdi
Fransiyada norozilik namoyishlari zo'ravonlikka aylandi
Qotil Isroilning G‘azoga hujumlarida so‘nggi 48 soatda 6 falastinlik halok bo‘ldi
YI Ukrainaga sun’iy yo‘ldosh yordamini beradi, ammo Starlink o‘rnini bosa olmaydi
Gretsiya G‘arbiy Frakiya turklarining maktablarini yopdi
Eron Saudiya Arabistonining ayblovlarini rad etib, vositachilikni taklif qildi
Isroil harbiylari Suriya hududida reydlar o‘tkazdi
Xitoy kosmosga sun’iy intellektga asoslangan sun’iy yo‘ldoshini uchirdi
Pokiston shimoli-g‘arbida maktab tomi qulashi oqibatida o‘nlab kishi halok bo‘ldi yoki jarohatlandi
Ukraina AQShni Rossiya manfaatlariga xizmat qilayotganlikda aybladi
Rossiyaning Ryazan viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodida dron hujumi oqibatida yong‘in chiqdi
BMT sulhga qaramay, Isroilning G‘azodagi qoidabuzarliklari davom etayotganidan ogohlantirdi
Shimoliy Koreya ikkita strategik qanotli raketani sinovdan o‘tkazdi
G‘arbiy Sohilda radikal isroilliklar TRT telekanalining tasvirga olish jarayoniga xalaqit berdi
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 2,86 milliard yevrolik harbiy yordam ajratmoqda