DUNYO
1 daqiqa o'qish
Pokiston shimoli-g‘arbida maktab tomi qulashi oqibatida o‘nlab kishi halok bo‘ldi yoki jarohatlandi
Halok bo‘lganlar orasida barchasi 13 yosh va undan kichik bo‘lgan 27 o‘quvchi hamda bir o‘qituvchi bor.
Pokiston shimoli-g‘arbida maktab tomi qulashi oqibatida o‘nlab kishi halok bo‘ldi yoki jarohatlandi
30 dan ortiq kishi jarohatlandi, ulardan olti nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. / AFP

Shifoxona vakilining ma’lum qilishicha, payshanba kuni Pokiston shimoli-g‘arbidagi Peshovar shahrida maktab tomi qulashi oqibatida 27 o‘quvchi va bir o‘qituvchi hayotdan ko‘z yumdi.

Peshovardagi Lady Reading shifoxonasi vakili Muhammad Osim Xon AFPga bergan bayonotida halok bo‘lganlar sonini tasdiqlab, 30 dan ortiq kishi jarohatlanganini, ulardan olti nafarining ahvoli og‘ir ekanini bildirdi.

Mahalliy Dawn gazetasining xabariga ko‘ra, Xon halok bo‘lgan bolalarning barchasi 13 yosh va undan kichik bo‘lganini aytdi.

Xon shifoxonada favqulodda holat e’lon qilinganini ma’lum qildi.

“Rescue 1122” favqulodda qutqaruv xizmati matbuot kotibi Bilol Ahmad Fayziy avvalroq bergan bayonotida qutqaruvchilar o‘quvchi va o‘qituvchilar ham bo‘lgan qariyb 20 kishini shifoxonalarga yetkazganini bildirgan edi.

Hududda qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Pokistonda xavfsizlik qoidalarining yetarli emasligi va sifatsiz qurilish materiallaridan foydalanilishi sababli binolarning qulashi tez-tez kuzatiladi.

Iyun oyida Lahorning Kahna hududidagi xususiy o‘quv markazi tomi qulashi oqibatida 14 bola halok bo‘lgan edi.