Prezident Rejep Tayyib Erdo‘g‘an: «Isroilning keskin provokatsiyalariga qaramay Suriyada tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik yana qaror topa boshlayotganini ko‘ryapmiz», - dedi.
Prezident Adolat va taraqqiyot partiyasining Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi guruh yig‘ilishida nutq so‘zladi.
Turkiya zarur bo‘lgan har qanday sharoitda Suriya tomonida bo‘lishda davom etishini ta’kidlagan Prezident Erdo‘g‘an, Suriya xalqining farovonligi va tinchligi yo‘lida o‘z zimmasiga tushgan mas’uliyatni bajarishga harakat qilayotganini qayd etdi.
Prezident Erdo‘g‘an mavzu haqida: «Bolalarni o‘ldirishdan zavq oladigan qotillar qayerga qochmasin, ular yashiringan inlar aniqlanib, birma - bir yo‘q qilinmoqda. Qo‘llarida qurol, oldilarida turli matolarni ko‘tarib Turkiyani tahdid qilayotganlar, Banyasda 248 nafar begunoh insonning, Reyhanlida esa 53 nafar fuqaromizning qonini to‘kkanlar, suriyalik bolalarning jasadlari ustida qahramondek suratlariga tushgan razillar uchun hisob - kitob vaqti yetib keldi», - dedi.
Prezident, shuningdek, quyidagilarni ta’kidladi: «Banyas, Reyhanli va Suriyadagi qirg‘inlar uchun mas’ul bo‘lgan terrorchining (o‘tgan hafta) qo‘lga olinishini ta’minlagan Suriya Razvedka xizmati xodimlari hamda Milliy razvedka tashkiloti (MRT)ning yashirin qahramonlariga minnatdorlik bildiraman».
























