TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya Kanadadagi harbiy bazada yuz bergan portlash munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Portlashda 4 nafar harbiy halok bo‘lgan edi.
Turkiya Kanadadagi harbiy bazada yuz bergan portlash munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Turkiyadan Kanadadagi harbiy bazada yuz bergan portlash munosabati bilan hamdardlik xabari

Turkiya kecha Kanadadagi harbiy bazada yuz bergan portlash oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan ushbu mamlakatga hamdardlik bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligi Kanadaning Alberta provinsiyasidagi harbiy bazada sodir bo‘lgan portlash yuzasidan yozma bayonot e’lon qildi.

Bayonotda portlash oqibatidagi insonlar o‘limidan chuqur qayg‘u bildirilgani ta’kidlanib: “Halok bo‘lganlarning yaqinlari va Kanada xalqiga hamdardlik bildiramiz, yaradorlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”, — deyildi.

Kanadaning Alberta provinsiyasidagi Ueynrayt harbiy bazasida yuz bergan portlashda 4 nafar harbiy halok bo‘lgan, ko‘plab harbiylar og‘ir yaralangan edi.