TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiyaning mudofaa sanoati eksporti 10 milliard dollardan oshdi
"Bizning "Dono Til" Modelimiz bilan biz turk sun'iy intellekt yechimlarini turli sohalarda ishlab chiqish va keng qo'llash imkonini beramiz",-dedi Turkiya rahbari.
Turkiyaning mudofaa sanoati eksporti 10 milliard dollardan oshdi
Prezident Erdoʻgʻon Istanbulda “TİM 13-Innovatsiya haftaligi dasturi”da ishtirok etdi.

Prezident Erdo’g‘an: "Mudofaa va aviatsiya eksporti 10 milliard dollardan oshdi"

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g‘an Istanbulda o‘tkazilgan "TİM 13-Innovatsiya haftaligi" dasturida ishtirok etdi. Erdo’g‘an o‘z nutqida Turkiyaning texnologiya, innovatsiya va mudofaa sanoatidagi ulkan yutuqlari hamda kelgusidagi strategik maqsadlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Texnologik infratuzilma va R&D xarajatlari keskin oshdi

Prezident Erdo’g‘an global texnologiya poygasida yetakchi bo‘lish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi:

  • "Milliy Texnologiya Harakati" doirasida dunyoda sanoqli davlatlardagina mavjud bo‘lgan tadqiqot, rivojlantirish (R&D) va innovatsiya infratuzilmasi yaratildi.

  • Bundan 24 yil avval barmoq bilan sanoqli bo‘lgan texnoparklar soni bugun 115 taga yetdi.

  • 2002-yilda 1,2 milliard dollar bo‘lgan Turkiyaning tadqiqot va rivojlantirish xarajatlari 20 milliard dollarga yetkazildi.

Sun’iy intellekt va milliy til modeli: "Bilge Dil"

Turkiya Sun’iy Intellekt Harakat Rejasi doirasida raqamli infratuzilmaga yirik investitsiyalar kiritilishi ma’lum qilindi:

  • 2030-yilga qadar ma’lumotlar markazlarining umumiy o‘rnatilgan quvvatini kamida 1 gigavattga yetkazish maqsad qilingan.

  • Ma’lumotlar markazi, bulutli hisoblash va sun’iy intellekt infratuzilmalariga xususiy sektor yetakchiligida kamida 10 milliard dollar sarmoya yo‘naltiriladi.

  • "Bilge Dil" (Dono Til) modeli orqali turkcha sun’iy intellekt yechimlari ishlab chiqiladi va turli sohalarga tatbiq etiladi.

Mudofaa sanoatida eksport rekordlari

Turkiya mudofaa va aviatsiya mahsulotlarini jahon bozoriga yetkazib berishda yuqori sur’atlarni namoyish etmoqda:

  • O‘tgan yili dunyoning 180 ta turli mamlakat va mintaqasiga 10 milliard dollardan ortiq mudofaa va aviatsiya mahsulotlari eksport qilindi.

  • 2026-yilning yanvar–sentabr davrida esa ushbu yo‘nalishdagi eksport o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,6 foizga o‘sib, 6,9 milliard dollarga yetdi.