UEFA Chempionlar ligasining 3-turida Galatasaray safarda Fransiyaning Lill jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvni Sloveniya Futbol federatsiyasidan hakam Rade Obrenovich boshqardi.
Galatasaray 2-daqiqadayoq hisobni ochgan uchrashuvning birinchi bo‘limi 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda esa sariq-qizillar yana ikkita gol urdi.
Galatasaray maydonni 4:2 hisobidagi g‘alaba bilan tark etdi.
Ushbu natijadan so‘ng Galatasaray UEFA Chempionlar ligasidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritib, ochkolari sonini 3 taga yetkazdi.
Lill esa hozircha ochko to‘play olmadi.

























